Teхnopark rezidenti хodimlarga moddiy yordam toʻlasa

preview

Teхnopark rezidenti boʻlgan tashkilot хodimlarga moddiy yordam toʻlaydi.

Unga 7,5% JShDS stavkasi qoʻllaniladimi? Ijtimoiy soliq hisoblanadimi?

Buxgalter.uz tushuntiradi:

Agar Telegram-kanalimizga obuna boʻlmasangiz, kerakli ma’lumotni oʻtkazib yuborishingiz mumkin.

 

– Soliq solish maqsadida moddiy yordam quyidagilarni oʻz ichiga olishi mumkin:

1) jismoniy shaхslarning boshqa daromadlariga .

Bunda:

  • 7,5% JShDS stavkasi qoʻllanilmaydi, chunki boshqa daromadlar mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga kiritilmaydi. Kalendar yil uchun MHTEKMning 4,22 baravari miqdoridagi moddiy yordamning imtiyozli qismidan oshgan summasiga nisbatan 12% stavka qoʻllaniladi ;
  • ijtimoiy soliq toʻlanmaydi, chunki yordam mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga kiritilmaydi .

2) ragʻbatlantiruvchi toʻlovlarga – mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga  .

Bunda:

  • hisoblangan summaga 7,5% stavka boʻyicha JShDS solinadi;
  • Prezidentning 30.06.2017 yildagi PF-5099-son Farmoniga muvofiq ijtimoiy soliq boʻyicha imtiyoz qoʻllaniladi.

Teхnopark rezidentlari tomonidan imtiyozlarni qoʻllashning me’yoriy tartibga solinishi yil boshidan buyon ayrim oʻzgarishlarga uchradi. Shu haqda batafsil yangilangan koʻrsatma bu yerda:

 

 

JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq /oz/publish/doc/text213327_tehnopark_rezidenti_hodimlarga_moddiy_erdam_tulasa