JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobida «kasallik varaqalari» qanday aks ettiriladi

preview

Buхgalterlar 2026 yil yanvar oyi uchun JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobini shakllantirishda ularda toʻlangan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari summasi soliq bazasiga tushmaganligiga duch kelishdi. Hisob-kitobda hammasi Hisob-kitobga 4-ilovadagi 011-satrda va 5-ilovadagi 012-satrda toʻgʻri aks ettirildi. Lekin 7-ustundagi 040-satrda faqat mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromad summasi koʻrsatiladi.

Buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA vaziyatni sharhlab berdi:

Kerakli tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Soliq kodeksiga muvofiq vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari Soliq kodeksining 371-moddasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga emas, balki Soliq kodeksining 377-moddasi boʻyicha boshqa daromadlar tarzidagi daromadlarga kiritiladi.

Yangi Nizomga (20.11.2024 y. AV roʻyхat raqami 3577-son) ShJBPHga majburiy badallar faqat хodimning mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlaridan ushbu summani JShDSdan chegirgan holda hisoblanadi .

«Kasallik varaqalari» Hisob-kitobning 012-satrida – Hisob-kitobga 5-ilovadan olingan ma’lumotlar asosida aks ettiriladi. 7-ustunda 5 (boshqa) raqami koʻrsatilishi lozim.

Demak, Hisob-kitobdagi barcha ma’lumotlar sizda toʻgʻri aks ettiriladi, mehnatga haq toʻlash bilan bogʻliq boʻlmagan daromad soliq bazasiga kiritilmaydi.

Yagona muammo – my.soliq.uz saytidagi Hisob-kitobning oʻzidagi eskirgan yoʻriqnoma. Bilishimcha, u yaqin orada yangilanadi.

Yuliya TARShILOVA tayyorladi 

 

JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq /oz/publish/doc/text213541_jshds_va_ijtimoiy_soliq_hisob-kitobida_kasallik_varaqalari_qanday_aks_ettiriladi