Bolani parvarishlash ta’tili davrida nafaqa qanday toʻlanadi

preview

«Xodim egizak tugʻdi, 21 oktyabr kuni homiladorlik va tugʻish ta’tili toʻхtatildi. 22 oktyabrdan boshlab unga bolalarni parvarishlash uchun ta’til berildi va nafaqa tayinlandi. Birinchi toʻliq boʻlmagan oyni hisobga olgan holda uni 2 bola uchun qanday miqdorda hisoblash kerak?»

Buxgalter.uz tushuntiradi:

Telegram-kanalida yangi postlarni kuzatib borish qulay.

 

Bola parvarishi boʻyicha nafaqa parvarish qilinayotgan bolalar sonidan va nafaqa oluvchining mehnat stajidan qat’i nazar har oyda MHTEKMning 60%i miqdorida toʻlanadi  .

Oktyabr oyining 10 kalendar kuni uchun (22 dan 31-sanagacha) MHTEKM  1 271 ming soʻm boʻlganida, nafaqa summasi 246 ming soʻmni tashkil etadi. (1 271 000 х 60%: 31 х 10).

Agar ishchi ayol toʻliq boʻlmagan ish vaqtiga ishga chiqishni хohlasa, bolani parvarishlash nafaqasini qanday toʻlash kerakligini tavsiyanomada oʻqing:

* Ushbu tavsiyada quyidagilar batafsil tushuntirilgan:

ish beruvchilardan qaysi biri bola parvarishi boʻyicha nafaqa toʻlaydi;

uni qanday tayinlash, qancha miqdorda va qanday toʻlash kerak;

qanday hollarda bola parvarishi boʻyicha nafaqa toʻlash toʻхtatiladi.

 

 

Xodimlar bilan hisoblashish Xodimlar bilan hisoblashish Xodimlar bilan hisoblashish /oz/publish/doc/text213710_bolani_parvarishlash_tatili_davrida_nafaqa_qanday_tulanadi