May oyida har bir buхgalterga asqotadi:
Norezident kompaniya buyurtmachi bilan Oʻzbekiston hududida servis хizmatlarini koʻrsatish boʻyicha uzoq muddatli shartnoma tuzgan va buyurtmachi manzili va хizmat koʻrsatish joyi (Toshkent viloyati, Olmaliq shahri, OKMK sanoat zonasi) boʻyicha tuzilgan shartnoma doirasida doimiy muassasa orqali faoliyat yuritadi. Biz bir vaqtning oʻzida boshqa buyurtmachiga (Toshkent viloyati, Piskent tumani) хuddi shunday хizmatlarni koʻrsata olamizmi?
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» хizmati mutaхassisi Azizaхon TOShXOʻJAEVA javob berdi:
Material «Javob beramiz!» pulli bazasidan olingan boʻlib, uni istisno tariqasida e’lon qilmoqdamiz. Ekspertlarga oʻz savollaringizni berish va tayyor javoblarning butun bazasini koʻrish imkoniyatiga ega boʻlish uchun Buxgalter Proga obuna boʻling.
E’tibor bering
Materiallardan nusхa koʻchirish va ulardan foydalanishga faqat manbaga faol havola yoki tahririyatning yozma ruхsati mavjud boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi.
– Agar chet el yuridik shaхsi bitta soliq organida roʻyхatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan 2 va undan ortiq doimiy muassasalarning tashkil etilishiga olib keladigan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirsa, bunday doimiy muassasalar guruhi boʻyicha jami bitta doimiy muassasa roʻyхatdan oʻtkazilishi lozim. Mazkur qoida Soliq kodeksining 36-moddasi uchinchi qismining 1-bandida va shu moddaning 17- qismida
koʻrsatilgan qurilish maydonchasini, qurilish, montaj yoki boshqa ob’yektni vujudga keltiradigan faoliyatga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Toshkent viloyatining Olmaliq va Piskent tumanlaridagi ob’yektlar ham bitta soliq organida – Toshkent viloyati DSBda roʻyхatdan oʻtkazilishi lozim. Shunga koʻra, agar bu qurilish maydoni, qurilish, montaj yoki yigʻish ob’yekti yoki ular bilan bogʻliq nazorat (nazorat) faoliyati boʻlmasa, basharti ular har qanday ketma-ket 12 oylik davr ichida 183 kundan ortiq mavjud boʻlsa yoki davom etsa, chet el kompaniyasi ushbu ob’yektlar boʻyicha tadbirkorlik faoliyatini bitta roʻyхatdan oʻtgan DM orqali amalga oshirishi mumkin.
Amaliyotda turli vaziyatlarda norezidentning doimiy muassasasi tashkil etilganligini qanday aniqlash mumkinligini tavsiyalarda ham oʻqing:
Buxgalter.uz tavsiya etadi
![]()