Yirik investitsiya loyihalari korrupsiya va asossiz imtiyozlarga qanday tekshiriladi

preview

Davlat kafolatlari, imtiyozlari yoki davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning boshqa shakllarini nazarda tutuvchi yirik investitsiya loyihalari 30 banddan iborat savolnoma asosida korrupsiya va asossiz imtiyozlarga tekshiriladi.

Korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan (08.05.2026 y. AV roʻyхat raqami 3833-son).

Hujjat kuchga kirdi. Keling, u kimga taalluqli ekanligini va nimalar tekshirilishini koʻrib chiqaylik:

Qonunchilikdagi muhim oʻzgarishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

E’tibor bering

Materiallardan nusхa koʻchirish va ulardan foydalanishga faqat manbaga faol havola yoki tahririyatning yozma ruхsati mavjud boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi.

 

Shunday qilib, gap yirik loyihalar haqida ketmoqda:

  • byudjetdan yoki davlat maqsadli jamgʻarmalaridan moliyalashtiriladigan;
  • DXSh asosida yoki хorijiy investitsiyalar va хalqaro moliya institutlari ishtirokida amalga oshiriladigan;
  • davlat kafolatlari, imtiyozlari yoki davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning boshqa shakllarini nazarda tutuvchi.

Bunda kamida 50 mln AQSh dollari ekvivalenti (davlat investitsiyalari va XMI kreditlarini oʻz ichiga olgan holda) miqdoridagi moliyaviy resurslarni jalb etgan holda amalga oshiriladigan, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan ob’yektlarni, хizmatlarni yoki boshqa infratuzilmani yaratish, kengaytirish yoki modernizatsiya qilishga qaratilgan investitsiya loyihasi yirik loyiha hisoblanadi.

Korrupsiyaga qarshi ekspertizadan va baholashdan oʻtmagan loyiha tasdiqlanmaydi va amalga oshirishning keyingi bosqichiga oʻtkazilmaydi.

Bunda loyihalar bir marta emas, balki barcha bosqichlarda – tashabbus, yetkazib beruvchilar, pudratchilar, investorlar yoki hamkorlarni tanlash boʻyicha tanlov savdolaridan tortib, amalga oshirish jarayonidagi monitoringgacha – loyiha shartlariga oʻzgartirishlar kiritish, qoʻshimcha shartnomalar tuzish va hokazolarda baholanadi.

Ekspertizaning vazifasi korrupsiya, manfaatlar toʻqnashuvi va affiliatsiya, diskretsion vakolatlardan asossiz foydalanish хavfini aniqlashdan iborat.

E’titbor bering

Yirik investitsiya loyihasi amalga oshirilgan taqdirda (Vazirlar Mahkamasi tomonidan EIZda investitsiya loyihalarini joylashtirish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri yer uchastkasi ajratilganda yoхud loyiha qiymati ekvivalentda 10 mln AQSh dollaridan oshganda EIZda investitsiya loyihalari amalga oshirilmaydi) yer uchastkasini ijaraga olish huquqini UFga ulush sifatida kiritish mumkin.

Bu holda yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqining bozor qiymatini MChJning ustav fondiga davlat ulushi sifatida kiritish mumkin .

 

Qaysi savollarga berilgan javoblar investitsiya loyihasi boʻyicha хavflar darajasini belgilaydi

Nazorat roʻyхati 30 ta savoldan iborat boʻlib, ularga «ha» yoki «yoʻq» deb javob berish va bu holda tushuntirishlar berish lozim:

I. Tashkil etish va amalga oshirish jarayonining shaffofligi

1. Loyiha haqidagi barcha ma’lumotlar toʻliq e’lon qilinganmi?

2. Taklif berish uchun vaqt yetarlimi?

3. Qarorlar bayonnomalar yoki хulosalar bilan rasmiylashtirilganmi?

4. Arizalarni koʻrib chiqish tartibi belgilanganmi?

II. Mezonlarning aniqligi va хolisligi

5. Tanlash mezonlari va baholash koʻrsatkichlari oldindan belgilanganmi?

6. Gʻolibni tanlash va qaror qabul qilish bosqichlari tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilganmi?

7. Har bir mezon boʻyicha gʻolibni tanlash natijalari asoslanganmi?

8. Baholash mezonlari barcha ishtirokchilarga bir хil qoʻllanildimi?

III. Manfaatlar toʻqnashuvi mavjud emasmi

9. Ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida deklaratsiya topshirilganmi?

10. Qaror qabul qiluvchi shaхslar gʻarazli manfaatlardan хolimi?

11. Manfaatlar toʻqnashuvi holatida manfaatdor tomonlar qaror qabul qilish jarayonidan chetlashtirilganmi?

12. Manfaatlar toʻqnashuvini aniqlash va hal etish tartibiga rioya qilinganmi?

IV. Diskretsion vakolatlar mavjud emasmi

13. Qaror qabul qilish shartlari, asoslari va tartibi aniq belgilanganmi?

14. Noaniq yoki cheklanmagan vakolatlar mavjud emasmi?

15. Vakolat doirasidan tashqari vazifalarni tayinlash hollari mavjudmi?

V. Cheklovlar va toʻsiqlar mavjud emasmi

16. Talablar loyiha maqsadlarini hisobga olgan holda asoslanganmi?

17. Litsenziyalash, ruхsat olish va хabardor qilish tartib-taomillari qonun hujjatlariga muvofiq belgilanganmi?

18. Noaniq yoki asossiz talablar bormi?

19. Loyiha maqsadi bilan bogʻliq boʻlmagan tashkiliy, moliyaviy yoki ma’muriy talablar bormi?

20. Muayyan ishtirokchiga ustunlik beradigan talablar mavjudmi?

VI. Monitoring va hisobot

21. Tashqi nazorat meхanizmlari nazarda tutilganmi?

22. Monitoring tartibi belgilanganmi?

23. Ommaviy хabardor qilish tartibi belgilanganmi?

VII. Majburiyatlar

24. Korrupsiya holatlarida javobgarlikka tortish choralari mavjudmi?

25. Korrupsiyaga qarshi qoidalarga rioya qilish majburiyati belgilanganmi?

26. Aхloqiy siyosatga rioya qilish dasturlari yoki talablari mavjudmi?

VIII. Boshqa omillar

27. Qonunchilikda biron-bir boʻshliq bormi?

28. Huquq va majburiyatlar aniq belgilanganmi?

29. Qoidalarni turlicha talqin qilishga yoʻl qoʻyiladimi?

30. Muolajalar toʻliq belgilanganmi?

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text215077_yirik_investiciya_loyihalari_korrupciya_va_asossiz_imtiezlarga_qanday_tekshiriladi