2026 yil may oyi uchun bosh buxgalter rejasi

preview

2026 yil may oyida bizda ikkita bayram – Xotira va qadrlash kuni hamda «Qurbon hayiti» nishonlanadi. Dam olish va bayram kunlariga toʻgʻri keladigan hisobot sanalarini koʻchirishlar ham mavjud. Keling, bu sanalarni «May oyi uchun bosh buxgalter rejasi» bilan solishtiramiz:

Dedlaynlar haqida Telegram-kanalimizda oldindan eslatib oʻtamiz.

 

Yuridik shaxslar uchun soliq toʻlovchi taqvimi 2026 yil may oyidagi birorta ham nazorat sanasini oʻtkazib yubormaslikka yordam beradi. Unda Oʻzbekistondagi korxonalar uchun soliq hisoboti va toʻlov muddatlari batafsil bayon etilgan. Bundan tashqari, jadval koʻrinishidagi qisqa shpargalka ham mavjud (yuklab olish uchun). U qaysi sanagacha soliq idorasiga hisobot topshirishingiz yoki soliqlarni toʻlashingiz kerakligini tezda tekshirishga yordam beradi.

 

1 may – soʻnggi kun:

  • 2025 yil uchun MHXS boʻyicha yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish ;
  • MHXSga oʻtgan yuridik shaxslar tomonidan 2025 yil uchun soliqlarni hisoblash uchun zarur boʻlgan koʻrsatkichlar boʻyicha ma’lumotlarni taqdim etish  .

 

  • BHXS boʻyicha hisob yurituvchi soliq toʻlovchilar tomonidan 2025 yil uchun nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etish  ;
  • Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha 2026 yil uchun hisobotni taqdim etish .

2026 yil uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun soliq toʻlash :

– 2026 yil 1 sentyabrgacha – yillik soliq summasining 30 foizi;

– 2026 yil 1 dekabrgacha – qolgan soliq summasi.

 

5 may – soʻnggi kun:

  • 2026 yil aprel oyida banklar tomonidan norezidentlarga toʻlangan daromadlar (dividendlar va foizlar koʻrinishidagi daromadlar bundan mustasno) boʻyicha foyda soligʻini toʻlash .

7 may – soʻnggi kun:

  • 2026 yil aprel oyida natura shaklida toʻlangan daromadlardan JShDS va ShJBPHga badallar toʻlash  .

Daromadlar natura shaklida toʻlanganda hisoblangan soliq summasi va ShJBPHga badallar daromad toʻlangan oy tugaganidan keyin 5 kun ichida toʻlanadi.

 

9 may – soʻnggi kun

(9 may shanba kuniga toʻgʻri kelgan dam olish va bayram kuni boʻlgani sababli 12 mayga koʻchirildi) :

  • Quyidagi huquqlar uchun 2026 yil may oyi uchun yigʻimlarni toʻlash :

– chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish;

– pivo va pivo ichimliklari chakana savdosi;

– tamaki mahsulotlari chakana savdosi.

 

10 may – soʻnggi kun

 (10 va 11 may dam olish kunlari boʻlgani uchun 12 mayga koʻchirildi) :

  • 2026 yil aprel oyi uchun aksiz soligʻi hisobotini taqdim etish va toʻlash ;

 

  • Qimmatli qogʻozlar Markaziy depozitariysi va investitsiya vositachilari tomonidan 2026 yil aprel oyi uchun roʻyxatga olingan aksiyalar bilan bogʻliq bitimlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etish ;
  • aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan 2026 yil may oyi uchun mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlash .

Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini har chorak uchinchi oyining 20-kunidan kechiktirmay yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlaydilar;

 

  • aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan 2026 yil may oyi uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yer soligʻi yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlanishi .

Aylanmadan soliq toʻlovchilar qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun soliqni har chorak uchinchi oyining 20-kunidan kechiktirmay yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlaydilar.

 

  • 16 yoshgacha boʻlgan nogironligi boʻlgan bolaning ota-onasidan biriga qoʻshimcha dam olish kunini toʻlash boʻyicha yuridik shaxsning xarajatlarini qoplash uchun 2026 yil aprel oyida Pensiya jamgʻarmasidan mablagʻ (nafaqa) olish uchun ariza taqdim etish .

Eslatib oʻtamiz: 16 yoshgacha boʻlgan nogironligi boʻlgan bolani tarbiyalayotgan ota-onadan biriga yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxsga oyiga bir qoʻshimcha dam olish kuni beriladi. Ushbu kun uchun ish beruvchi davlat ijtimoiy sugʻurtasi mablagʻlari hisobidan kunlik ish haqi miqdorida nafaqa toʻlaydi .

 

15 may – soʻnggi kun:

  • 2026 yil aprel oyi uchun ShJBPHga reyestrlarni taqdim etish va badallarni toʻlash  .

 

  • 2026 yil aprel oyi uchun JShDS va ijtimoiy soliq hisobotlarini taqdim etish va toʻlash.

JShDS soliq toʻlovchiga daromadlarni toʻlash bilan bir vaqtda, lekin soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay toʻlanadi  .

Ijtimoiy soliq ham soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay toʻlanadi ;

 

  • soliq toʻlovchilar tomonidan 2026 yil aprel oyi uchun aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha hisobot taqdim etish va toʻlash ;

 

  • soliq agentlari tomonidan 2026 yil aprel oyi uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning 1 milliard soʻmgacha boʻlgan daromadlari boʻyicha hisobot taqdim etish va aylanmadan olinadigan soliqni toʻlash ;

Eslatib oʻtamiz: YaTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning toʻlov tashkilotlarining raqamli platformalari orqali olingan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan 1 milliard soʻmgacha boʻlgan daromadlari boʻyicha toʻlov tashkilotlari soliq agenti deb e’tirof etiladi .

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning yuridik shaxslardan olgan daromadlari boʻyicha ushbu yuridik shaxs soliq agenti deb e’tirof etiladi. Yuridik shaxs soliq organlarini xabardor qilish asosida toʻlov manbaida soliqni ushlab qoladi ;

  • aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar tomonidan 2026 yil aprel oyi uchun onlayn-NKT cheklaridagi texnik xatolarni tuzatish  .

QQS toʻlovchilar uchun 2026 yil aprel oyi uchun onlayn-NKT cheklaridagi texnik xatolarni tuzatishning soʻnggi kuni – 2026 yil 20 may  .

 

20 may – soʻnggi kun:

  • 2026 yil aprel oyi uchun QQS hisobotini taqdim etish va toʻlash ;

QQS toʻlovchilar va endigina uni toʻlashga oʻtmoqchi boʻlganlar uchun foydali ma’lumotlar:

– Tovarlar va xizmatlarni sotishda QQSni qanday hisoblash kerak;

– QQS toʻlashga qanday oʻtish mumkin;

– Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va toʻlash kerak.

 

  • Soliq agentlari – QQS toʻlovchilar tomonidan 2026 yil aprel oyi uchun quyidagi faoliyat turlari uchun QQS hisobotini taqdim etish va toʻlash :

– chet ellik shaxslardan sotib olingan tovarlar (xizmatlar) ;

– davlat mulki bilan bogʻliq operatsiyalar, davlat mulkini, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalarini mulk huquqi asosida sotish operatsiyalari bundan mustasno .

Soliq agentlari – QQSni toʻlamaydiganlar hisobotni soliq toʻlangan oydan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay taqdim etadilar ;

Eslatib oʻtamiz: davlat mulkini realizatsiya qilish operatsiyalari boʻyicha soliq agentlari QQS toʻlamaydilar, chunki bu operatsiyalar boʻyicha imtiyoz berilgan  .

 

Soliq davri uchun soliq summasi BHMning 200 baravaridan ortiq boʻlgan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan yuridik shaxslar tomonidan 2026 yil may oyi uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlarini yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlash .

Soliq davri uchun soliq summasi BHMning 200 baravaridan  kam boʻlgan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan yuridik shaxslar, shuningdek, aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlarini har chorak uchinchi oyining 20-sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlaydilar;

 

  • soliq agentlari tomonidan 2026 yil aprel oyi uchun norezidentlarning daromad soligʻi boʻyicha hisobotlarni taqdim etish.

Soliq norezidentga daromadlar toʻlangan kundan keyingi kundan kechiktirmay toʻlanadi ;

 

  • soliq agentlari tomonidan 2026 yil aprel oyi uchun dividendlar va foizlar soligʻi boʻyicha hisobot taqdim etish .

Soliq dividendlar va foizlarni toʻlash sanasidan kechiktirmay toʻlanadi ;

 

  • yuridik shaxslar tomonidan 2026 yil aprel oyi uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun hisobot taqdim etish va soliq toʻlash ;

 

  • QQS toʻlovchilar tomonidan 2026 yil aprel oyi uchun onlayn-NKT cheklaridagi texnik xatolarni tuzatish  .

Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar uchun 2026 yil aprel oyi uchun xatolarni tuzatishning oxirgi kuni – 2026 yil 15 may  .

 

23 may – soʻnggi kun

(23 may shanba boʻlgani uchun 25 mayga koʻchirildi) :

  • 2025 yil uchun tuzatishlarni hisobga olgan holda jami daromadi 20 milliard soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar tomonidan 2026 yil may oyi uchun foyda soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini toʻlash. .

Agar oylik boʻnak toʻlovi summasi manfiy yoki nolga teng boʻlsa, tegishli chorakda boʻnak toʻlovlari toʻlanmaydi .

Joriy hisobot davrida jami daromadi 20 milliard soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar, shu jumladan yangi tashkil etilgan soliq toʻlovchilar, har oylik boʻnak toʻlovlarini bunday oshib ketish sodir boʻlgan toʻliq chorak tugaganidan soʻng toʻlaydilar .

 

25 may – soʻnggi kun:

  • 2026 yil aprel oyi uchun xodimlarning mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda boquvchisini yoʻqotganlik, mehnatda jarohatlanish yoki kasb kasalligi oqibatida nogironlik uchun tayinlangan pensiyalar boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi xarajatlarini qoplash uchun mablagʻlar toʻlash

Ma’lumot uchun:

1. Muddatlar kunlarda koʻrsatilgan boʻlsa, ular qanday hisoblanadi?

Agar muddat kunlarda belgilangan boʻlsa, u taqvim kunlari haqida toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatilmagan boʻlsa, ish kunlarida hisoblanadi.

Qonun hujjatlariga muvofiq dam olish va (yoki) ishlanmaydigan bayram kuni deb e’tirof etilmaydigan kun ish kuni hisoblanadi .

2. Muddatning soʻnggi kuni dam olish kuniga toʻgʻri kelib qolsa, nima qilish kerak?

Agar muddatning soʻnggi kuni qonun hujjatlariga muvofiq dam olish va (yoki) ishlanmaydigan kun deb e’tirof etiladigan kunga toʻgʻri kelsa, dam olish va (yoki) ishlanmaydigan kundan keyingi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi  .

3. Oʻzbekistonda 2026 yilda soliqlar (yigʻimlar)ni toʻlamaganlik va kechiktirganlik hamda hisobotlarni oʻz vaqtida topshirmaganlik uchun jarimalar

Soliqlar va yigʻimlarni toʻlamaslik yoki toʻliq toʻlamaslik SK 224-moddasi boʻyicha javobgarlikka sabab boʻladi – toʻlanmagan soliq va yigʻim summasining 20 foizi miqdorida jarima solinadi.

Soliqlar va yigʻimlarni kechiktirib toʻlaganlik uchun har bir kechiktirilgan kun uchun Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasining 1/300 baravari miqdorida, foizlarda penya hisoblanadi  .

Soliq toʻlovchi tomonidan xizmat koʻrsatuvchi bankka soliqlar va yigʻimlarni toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomasini taqdim etmaslik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaslik BHMning 5 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaslik (mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan mustasno) fuqarolarga BHMning 1 baravari, mansabdor shaxslarga esa 10 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaslik BHMning 3 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

 

 

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text215289_2026_yil_may_oyi_uchun_bosh_buhgalter_rejasi