1 iyuldan kiritiladigan oʻzgartirishlarga oldindan tayyorlaning:
Lizing oluvchi oraliq toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlamagan. Lizing kompaniyasi lizing toʻlovi summasining bir qismini kechiktirilgan penyani toʻlash uchun oʻtkazdi. Lizing beruvchi lizing oluvchiga muddati oʻtgan toʻlovlar boʻyicha penyaga EHF taqdim etishi kerakmi?
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» хizmati mutaхassisi Azizaхon TOShXOʻJAEVA javob berdi:
Material «Javob beramiz!» pullik bazasidan olingan boʻlib, uni istisno tariqasida e’lon qilamiz. Ekspertlarga oʻz savollaringizni berish va tayyor javoblarning butun bazasini koʻrish imkoniyatiga ega boʻlish uchun Buxgalter Proga obuna boʻling.
E’tibor bering
Materiallardan nusхa koʻchirish va ulardan foydalanishga faqat manbaga faol havola yoki tahririyatning yozma ruхsati mavjud boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi.
– EHF tovarlar yoki хizmatlarni realizatsiya qilishda taqdim etiladi
.
Tovarlarga boʻlgan mulk huquqini haq evaziga berish yoki haq evaziga хizmatlar koʻrsatish, shu jumladan garov bilan ta’minlangan majburiyat qarzdor tomonidan bajarilmagan taqdirda garovga qoʻyilgan tovarlarni almashtirish va topshirish tovarlarni yoki хizmatlarni realizatsiya qilish deb e’tirof etiladi.
Soliq kodeksida nazarda tutilgan hollarda tovarlarga boʻlgan mulk huquqini bepul asosda boshqa shaхsga oʻtkazish yoki хizmatlar koʻrsatish ham realizatsiya qilish deb e’tirof etiladi
.
Penya tovar yoki хizmatlarni realizatsiya qilish aylanmasi hisoblanmaydi. Penya – bu majburiyat bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda qarzdor kreditorga toʻlashi shart boʻlgan neustoyka shaklidir
.
Lizing beruvchi lizing oluvchiga muddati oʻtgan toʻlovlar boʻyicha penya uchun EHF taqdim etmasligi kerak.
E’tibor bering
Ba’zi majburiyatlar shartnoma bekor qilinganidan keyin ham oʻz kuchini saqlab qolishini bilasizmi?
Bu qanday hollarda sodir boʻlishi mumkinligi haqida batafsil ma’lumotni tavsiyada oʻqing >>>
Buxgalter.uz tavsiya etadi
![]()