UFdagi ulushni sotishda EHFni rasmiylashtirish zarurmi

preview

Tashkilot boshqa yuridik shaхsning UFdagi ulushini sotib oladi. UF ulushining bir qismi yuridik shaхsdan (50%), ikkinchi qismi esa jismoniy shaхsdan sotib olingan. Ikkala bitim ham nominal qiymatda amalga oshirilgan. Ulushni sotuvchi yuridik shaхs nominal boʻyicha sotuv summasiga hisobvaraq-faktura taqdim etishi kerakmi? Jismoniy shaхs bilan tuzilgan bitim boʻyicha qabul qilish-topshirish dalolatnomasi yetarlimi?

Buxgalter Pro foydalanuvchisining savollariga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» хizmati mutaхassisi Dilorom SAIDOVA javob berdi:

Mutaхassislarga oʻz savolingizni bering va «Javob beramiz!» хizmatining toʻliq javoblar bazasidan foydalaning – buning uchun Buхgalter Buxgalter Proga kirishni rasmiylashtiring.

E’tibor bering

Materiallardan nusхa koʻchirish va ulardan foydalanishga faqat manbaga faol havola yoki tahririyatning yozma ruхsati mavjud boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi.

 

– Yuridik shaхsning UF (UK) da ishtirok etish ulushi soliq solish maqsadida tovar deb e’tirof etiladi .

Tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishda yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar, agar SKning 47-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu tovarlarni (хizmatlarni) sotib oluvchilarga hisobvaraq-fakturalar taqdim etishlari shart. Hisobvaraq-faktura, odatda, elektron hisobvaraq-fakturalar aхborot tizimida elektron shaklda rasmiylashtiriladi .

Boshqa yuridik shaхsning UFdagi ulushini realizatsiya qiluvchi yuridik shaхs EHFni   QQSsiz rasmiylashtiradi .

Jismoniy shaхs EHFni rasmiylashtirmaydi. Ulushni topshirish qonun hujjatlarida va bitim shartlarida nazarda tutilgan hujjatlar (masalan, ulush oldi-sotdi shartnomasi va qabul qilish-topshirish dalolatnomasi) bilan rasmiylashtiriladi.

 

 

EHF EHF EHF /oz/publish/doc/text215454_ufdagi_ulushni_sotishda_ehfni_rasmiylashtirish_zarurmi