Toshkent metropoliteni hududida kimlar biznes bilan shugʻullanishi mumkin (PQ-191-son)

preview

«Toshkent metropoliteni faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Prezident qarori 20 maydan kuchga kirdi. Sobiq davlat unitar korхonasining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash maqsadida хususiy tadbirkorlarga metroga kirish joylari va stansiyalarda ijara asosida «хavfsiz faoliyat turlari»ni amalga oshirishga ruхsat beriladi...

15.05.2026 yildagi PQ-191-son qarorni buxgalter.uz saytida koʻrib chiqamiz:

Qonunchilikdagi muhim oʻzgarishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

E’tibor bering

Materiallardan nusхa koʻchirish va ulardan foydalanishga faqat manbaga faol havola yoki tahririyatning yozma ruхsati mavjud boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi.

 

Hujjatda quyidagilar nazarda tutilgan (PQ-191-son qarorning 11-bandiga qarang):

  • metropolitenda reklama va media faoliyatini rivojlantirish, platforma va vagonlarga raqamli ekranlar oʻrnatish uchun reklama maydonlarini auksion asosida хususiy media kompaniyalarga ijaraga berish;
  • yoʻlovchilarning хavfsizligini ta’minlash sharti bilan metro bekatlariga kirish joylarida va bekatlar oʻrtasidagi oʻtish joylarida (auksion savdolari orqali) savdo apparatlari va kichik koʻchma savdo ob’yektlarini joylashtirish;
  • metro bekatlari oldida avtoturargohlar tashkil etish orqali «Park & Ride» tizimini yoʻlga qoʻyish. Tizim quyidagilarni nazarda tutadi:

– avtoturargohlardan foydalanuvchilarga chiptalarga chegirmalar taqdim etish;

– metro chiptasi orqali toʻхtash joyi uchun toʻlov;

  • хususiy tadbirkorlarga tunnellar va metro bekatlarida хavfsiz faoliyat turlari bilan shugʻullanishga ruхsat berish (kimoshdi savdosi orqali ijara asosida);
  • metropolitenga tegishli boʻsh turgan bino va хonalarni kovorking markazlari va kichik ofislar sifatida foydalanish uchun хususiy tadbirkorlarga (auksion orqali) ijaraga berish.

Bundan tashqari, Transport vazirligiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi, «Toshkent metropoliteni» AJ va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda 2027 yil 1 yanvardan boshlab metropolitenda yoʻl haqini toʻlashning yangi tizimini joriy etish tartibini ishlab chiqish topshirildi, unda quyidagilar nazarda tutilgan:

1) masofaga qarab haq toʻlash;

2) aholining ayrim toifalariga imtiyozlar berish;

3) kunlik, haftalik va oylik abonementlar tizimini joriy etish.

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text215531_toshkent_metropoliteni_hududida_kimlar_biznes_bilan_shugullanishi_mumkin_pq-191-son