Buхgalterlarga iyulda kerak boʻladi:
Norezidentlardan olinadigan foyda soligʻi hisob-kitobi shaklida (kod 137) oʻzgarish: endi ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish tartibi toʻgʻrisidagi Bitim asosida nol darajali stavkani qoʻllash uchun faqat bitta rezidentlik sertifikati yetarli emas.
Buxgalter.uz iltimosiga koʻra, auditor, «Arkad Audit» autsorsing kompaniyasi rahbari Natalya TURALINOVA izoh beradi:
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
E’tibor bering
Materiallardan nusхa koʻchirish va ulardan foydalanishga faqat manbaga faol havola yoki tahririyatning yozma ruхsati mavjud boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi.
– Endi Norezidentlardan olinadigan foyda soligʻi hisob-kitobi shakliga royalti oluvchi ushbu daromadning haqiqiy benefitsiari ekanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi shart. Agar bunday hujjat boʻlmasa, ikkiyoqlama soliqqa tortishning oldini olish toʻgʻrisidagi Bitim asosida nol darajali stavkani qoʻllash mumkin emas. Norezidentga toʻlovlarni OʻzR Soliq kodeksining 20 foizlik stavkasi boʻyicha soliqqa tortish lozim.
Eslatib oʻtamiz, norezidentning passiv daromadlari – dividendlar, foizlar va royalti Oʻzbekistonda har doim toʻlov manbaida – soliqqa tortiladi. Hatto norezidentda sertifikat mavjud boʻlsa va royalti stavkasi 0 foiz boʻlgan ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish toʻgʻrisidagi qoidalar qoʻllanilsa ham. Masalan, RF, Niderlandiya bilan. Ammo Oʻzbekistonning lokal soliq qonunchiligi va ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish toʻgʻrisidagi Bitimning passiv daromadlarga soliq solish qismida faqat haqiqiy daromad oluvchiga nisbatan qoʻllanilishi shartligi majburiy hisoblanadi.
Imtiyoz amal qiladigan misol
Siz «Antivirus» dasturiy ta’minotidan foydalanish uchun mutlaq boʻlmagan huquqni toʻgʻridan-toʻgʻri rossiyalik huquq egasi –«Kasperskiy laboratoriyasi»ga toʻlaysiz. Sizda Rossiya Federatsiyasi rezidentligi sertifikati va dasturiy ta’minotga egalik huquqi toʻgʻrisidagi hujjat mavjud.
Natija – ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish tartibi (0 foizlik stavka) qoʻllaniladi. Ya’ni toʻlov manbaida soliq ushlab qolinmasdan amalga oshiriladi.
Imtiyoz yoʻqolishiga misol
Siz «Kasperskiy laboratoriyasi»ning «Antivirus» dasturiy ta’minoti uchun pul toʻlaysiz, lekin qandaydir rasmiy distribyutorga (RF yoki BAAda) toʻlaysiz, u dasturiy mahsulotning oʻziga egalik qilish huquqi toʻgʻrisida guvohnomaga ega emas (u faqat litsenziyani qayta sotadi).
Natija – ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish tartibini qoʻllab boʻlmaydi. Toʻlov manbaida OʻzR Soliq kodeksida belgilangan stavka boʻyicha soliqni ushlab qolish lozim – 20 foiz.
Bundan tashqari, bu operatsiya valyuta nazorati tizimida aks ettirilishi lozim. Norezidentga toʻlov yopiladigan dalolatnoma ma’lumotlari Norezidentlarning foyda soligʻi hisob-kitobida aks ettiriladi.
Quyidagi tavsiyalar sizga foydali boʻladi:
![]()
