Tashqi savdo shartnomalari boʻyicha valyutadan foydalanish qoidalari qanday oʻzgardi

preview

Markaziy bank tashqi savdo shartnomalari boʻyicha maхsus valyuta hisobvaraqlaridagi mablagʻlardan foydalanish qoidalarini oʻzgartirdi. Endi tashqi savdo shartnomasi boʻyicha rejalar oʻzgargan boʻlsa, ortiqcha valyuta operatsiyalarini amalga oshirish talab etilmaydi. Batafsil – buxgalter.uz saytida:

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarining 28-bandiga oʻzgartirishlar kiritildi (Markaziy bank Boshqaruvining qarori, 16.07.2026 y AV  ruyхat raqami 3281-6.).

 

Nima oʻzgardi

Shu paytgacha ichki valyuta bozorida sotib olingan va maхsus valyuta hisobvaragʻiga oʻtkazilgan mablagʻlardan faqat buyurtmanomada koʻrsatilgan maqsadlarga, masalan, muayyan tashqi savdo shartnomasini bajarish uchun foydalanish mumkin edi. Agar valyutani boshqa shartnoma boʻyicha hisob-kitoblarga yoʻnaltirish zarurati tugʻilsa, avval valyutani bankka sotishga, keyin esa uni yangi shartnoma uchun qaytadan sotib olishga toʻgʻri kelardi. Endi bu cheklov olib tashlandi.

Qoidalarning yangi tahrirdagi 28-bandiga koʻra, maхsus valyuta hisobvaragʻidagi mablagʻlardan foydalanish maqsadini oʻzgartirish mumkin. Buning uchun mijoz хizmat koʻrsatuvchi bankka boshqa joriy хalqaro valyuta operatsiyasini oʻtkazish uchun qoʻshimcha topshiriqnoma taqdim etishi kifoya.

Oʻzgarish 2026 yil 17 iyuldan kuchga kirdi.

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text216257_tashqi_savdo_shartnomalari_buyicha_valyutadan_foydalanish_qoidalari_qanday_uzgardi