Foizsiz qarz boʻyicha daromadni hisoblashda hisobvaraq-faktura rasmiylashtirish kerakmi

preview

MChJ (umumbelgilangan soliqlarni toʻlovchi) foizsiz qarz oldi. Jamiyat tomonidan qarz summasiga MBning qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda daromad hisoblandi.

Qarz oluvchi MChJ MBning qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda daromadni hisoblashda hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirishi shartmi?

Buxgalter Pro foydalanuvchisining savollariga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Lola SULTONOVA javob berdi:

Material «Javob beramiz!» pulli bazasidan olingan boʻlib, uni istisno tariqasida e’lon qilamiz. Ekspertlarga oʻz savollaringizni berish va tayyor javoblarning butun bazasini koʻrish imkoniyatiga ega boʻlish uchun Buxgalter Pro xizmatiga obuna boʻling.

E’tibor bering

Materiallardan nusxa koʻchirish va ulardan foydalanishga faqat manbaga faol havola yoki tahririyatning yozma ruxsati mavjud boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi.

 

Qarz beruvchiga foizli daromad toʻlash majburiyatisiz qarz (qaytarish asosidagi moliyaviy yordam) olinganda, qarz oluvchining daromadi qarz (qaytarish asosidagi moliyaviy yordam) olingan sanada MB tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Bu daromad faqat soliq solish maqsadida hisobga olinadi – foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda jami daromad tarkibiga kiritiladi .  Buxgalteriya hisobida bunday daromad aks ettirilmaydi – u faqat soliq summasini aniqlash uchun xizmat qiladigan hisobiy koʻrsatkichdir.

Soliq solish maqsadida xarajatlar va boshqa daromadlarga bir tomonlama EHFni faqat aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar rasmiylashtiradi  . Sizning MChJingiz QQS va foyda soligʻi toʻlovchisi boʻlganligi sababli, ushbu qoida unga nisbatan tatbiq etilmaydi – hisoblangan daromad summasiga hisobvaraq-faktura rasmiylashtirish shart emas. Foyda soligʻi toʻlovchilar bu daromadni hisobvaraq-faktura orqali emas, balki soliq hisobotida foyda soligʻi hisob-kitobiga «Jami daromad» 1-ilovasining 090-satri «Tekinga olingan mol-mulk (olingan xizmatlar), moliyaviy yordam» boʻyicha aks ettiradilar.

Toʻliq javob matnini ushbu havoladan topishingiz mumkin.

 

 

Foyda soligʻi Foyda soligʻi Foyda soligʻi /oz/publish/doc/text216290_foizsiz_qarz_buyicha_daromadni_hisoblashda_hisobvaraq-faktura_rasmiylashtirish_kerakmi