Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
QQS va bojxona bojini toʻlamasdan olib kiriladigan asbob-uskunalar roʻyxati toʻldirildi
Oʻzbekistonda oʻxshashi ishlab chiqarilmaydigan yangi texnologik uskunalar importi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat
boʻyicha QQS va bojxona boji toʻlashdan ozod etiladi. Roʻyxat 20.07.2026 yildagi 393-son VMQga muvofiq toʻldirildi:
Yangiliklarni tezkor oʻqish uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Yangi texnologik asbob-uskunalar deganda mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatish jarayonida bevosita ishtirok etuvchi, ishlab chiqarilgan sanasidan boshlab 3 yildan koʻp boʻlmagan mashinalar, apparatlar, qurilmalar, mexanizmlar tushuniladi. 
Imtiyozli uskunalar roʻyxati yana bir pozitsiya bilan toʻldirildi:
TIF TN kodi 9019 10 90 09 – Fizioterapiya uchun tibbiy apparatlar (yurishga oʻrgatish va baholash tizimi zarur qurilmalar bilan).
Qoʻshimcha 2026 yil 21 iyuldan kuchga kiradi.
Buxgalter.uz tavsiya etadi
![]()