Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
«Korxona (QQS va foyda soligʻi toʻlovchisi) ayrim xodimlarni «Favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash va fuqaro muhofazasi sohasida oʻqitish» kursida oʻqitish boʻyicha shartnoma tuzdi. Toʻlov – korxona mablagʻlari hisobidan.
Bunday xarajatlar xodimlarning daromadi hisoblanadimi? Soliq oqibatlari qanday boʻladi?»
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga «Norma» eksperti, soliq maslahatchisi Dilorom SAIDOVA javob beradi:
Yangi tushuntirishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
E’tibor bering
Materiallardan nusxa koʻchirish va foydalanishga faqat manbaga faol havola mavjud boʻlganda yoki tahririyatning yozma ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi.
– Aholini fuqaro muhofazasi sohasida oʻqitish umumiy va majburiy boʻlib, u umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarida, ishlab chiqarishda va yashash joylarida amalga oshiriladi.
Rahbarlar va mutaxassislarni tayyorlash hamda qayta tayyorlash malaka oshirish muassasalarida, maxsus oʻquv-uslubiyot markazlarida, kurslarda, shuningdek, ish joyida – tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi
.
Shu sababli, ushbu holatda:
1) xodimda daromad yuzaga kelmaydi;
2) ushbu xarajat foyda soligʻini hisob-kitob qilishda chegirib tashlanadi.
Ekspertning toʻliq javobi – havola boʻyicha > > >
Bunday holda javob aniq: korxona oʻqitish uchun toʻlovni xodimning shaxsiy manfaati sifatida emas, balki qonunchilikda belgilangan majburiyatni bajarish sifatida amalga oshirmoqda.
Biroq ish beruvchining xodimlar foydasiga qilgan hamma xarajatlari ham shunday tavsiflanmaydi. Maxsus kiyim-bosh, xizmat safari xarajatlari, ovqatlanish, turar joy ijarasi, sugʻurta, korporativ tadbirlar va boshqalar – ayrim toʻlovlar boʻyicha JShDS yuzaga kelmaydi, boshqalari boʻyicha esa ozod qilish faqat muayyan shartlarga rioya qilinganda amal qiladi, koʻpincha ular hujjatlar bilan rasmiylashtirishga daxl qiladi.
Bunday toʻlovlarning barchasi «Ish beruvchining qaysi xarajatlari xodimlarning daromadlari hisoblanmaydi» tavsiyasida – qonunchilik normalariga havolalar, misollar va muayyan vaziyatlar tahlili bilan birga toʻplangan.
Agar javob tezda kerak boʻlsa, Buxgalter Pro tizimida «Xodimning daromadlari hisoblanmaydigan ish beruvchining xarajatlari» jadvali mavjud. Unda xarajatlarning har bir turi boʻyicha quyidagilar koʻrsatilgan:
- toʻlovni tartibga soluvchi NHHlar;
- xarajat jismoniy shaxsning daromadi hisoblanmasligini tasdiqlovchi hujjatlar.
Oʻz toʻlovlaringiz boʻyicha ozod qilish shartlariga rioya etilganligini va barcha tasdiqlovchi hujjatlar yigʻilganligini tekshirib koʻring.
![]()