Ishga qabul qilish

Material sanasi 06.04.2026
«Ayting-chi, oʻzini oʻzi band qilgan odamni ishga olish mumkinmi?» Ilgari mumkin emas edi, endi esa ba’zi hollarda bunga ruxsat beriladi! Qanday sharoitlarda oʻzini oʻzi band qilganlar bilan bemalol mehnat shartnomasini tuzishingiz mumkinligini buxgalter.uz ekspertlari tushuntirdi: ... 

Material sanasi 17.02.2025
2024 yil 13 dekabrdan Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari Klassifikatori (XALIKK-2024) kuchga kirgan. Ushbu milliy standart ish beruvchilar va ularning xodimlari uchun qanday muammolarni keltirib chiqarayotgani va ularni qanday bartaraf etish mumkinligi haqida buxgalter.uz iltimosiga koʻra yuridik fanlari nomzodi Mixail GASANOV hikoya qildi: ... 

Material sanasi 09.01.2025
Oʻzbekistondagi ish beruvchilar mehnat munosabatlarini, shu jumladan elektron mehnat shartnomalarini «YaMMT» IDAKda roʻyxatdan oʻtkazishlari shart. Bu 27.12. 2024 yildagi VMQ-891-son qarorda nazarda tutilgan. Ish beruvchilar mehnat shartnomalarini aynan elektron shaklda tuzishlari shartmi? Buxgalter.uz bu masalani «Norma» yuristlaridan aniqlashtirdi: ... 

Material sanasi 26.07.2023
“2023 yilning mart oyida tashkilot chet ellik xodimni ishga qabul qilish uchun xarajatlarni amalga oshirdi. Aynan davlat xizmatlari markazi tomonidan “Litsenziya” tizimi orqali koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovni amalga oshirdi. Ruxsatnoma 2023 yilning mart oyida 1 yilga berildi. Tashkilot ushbu xarajatlarni ruxsatnomaning amal qilish davrida kelgusi davr xarajatlariga olib borishi mumkinmi?” Vuxgalter.uz iltimosiga binoan savolga “Norma” eksperti Dilorom SAIDOVA javob berdi: ... 

Material sanasi 11.11.2021
“Biz davlat kompaniyasida ishlaymiz. Direktor buxgalteriya boʻlimiga oʻz qarindoshlarini ishga qabul qilmoqchi: bosh buxgalterlikka - jiyanini, kassirlikka - xotinini. Bu qonuniymi?” Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan “Norma” eksperti, yurist Lenara XIKMATOVA javob berdi: ... 

Material sanasi 14.10.2021
YaMMTda chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni JShShIR boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishning texnik imkoniyati paydo boʻldi. Bunda ish beruvchilar STIR bilan ishga qabul qilingan xodimlarni rasmiy ishdan boʻshatish va ularni JShShIR bilan yangidan ishga qabul qilishlariga toʻgʻri keladi. Amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiqligi nuqtai nazaridan bu qanchalik toʻgʻri? Buxgalter.uz vazitni tahlil qildi: ... 

Material sanasi 14.04.2021
YaMMT tizimining qayta sozlanishi tufayli xodimlar endi «asosiy boʻlmagan» ishlarini ish beruvchidan yashira olmaydilar. Bu qanday ishlashi xususida buxgalter.uz aniqlashtirdi: ... 

Material sanasi 28.02.2021
Ishga qabul qilishda dastlabki sinov ish beruvchiga xodim oʻziga topshirilgan ishga layoqatliligini tekshirish imkonini beradi. Shuningdek - natija qoniqarsiz boʻlganda uni soddalashtirilgan tartibda ishdan boʻshatish (MK 87-m.). Bunda dastlabki sinov nafaqat shartlashilishi, balki u toʻgʻri rasmiylashtirilishi lozim. ... 

Material sanasi 11.11.2020
“Boshqa tashkilotga oʻrindoshlik asosida ishga joylashmoqchiman, biroq u yerda asosiy ish joyidan ma’lumotnoma keltirishni talab qilishdi. Biroq asosiy ish joyi boʻyicha mehnat shartnomasida boshqa tashkilotlarda oʻrindoshlik asosida ishlashga taqiq toʻgʻrisida shart mavjud. Ish beruvchi shartnomaning shu bandiga havola qilgan holda ma’lumotnoma berishni rad etmoqda, buni u bunday ish bilan bandlik asosiy ishni sifatli bajarish imkonini bermaydi, deb asoslamoqda”. ... 

Material sanasi 06.10.2020
Xodim bilan 1 oy dastlabki sinov muddati bilan mehnat shartnomasi tuzildi. Uning tugashidan 2 kun oldin rahbar sinov muddatini yana 2 haftaga uzaytirishni istab qoldi, sababi yangi xodim ishga qabul qilingan paytdan boshlab hali “oʻzini hech ham koʻrsatolmadi”. Ish beruvchi ilgari kelishib olingan sinov muddatini uzaytirishga haqlimi? ... 

Material sanasi 18.09.2020
Shtatdan tashqari xodimni mehnat shartnomasi boʻyicha qabul qilish mumkinmi yoki u faqat FHX shartnoma boʻyicha ishlashi kerakmi? Mehnat huquqi boʻyicha “Norma” eksperti Lenara XIKMATOVA shtatda boʻlmagan shaxslarni rasmiylashtirishning oʻziga xos jihatlarini buxgalter.uz uchun maxsus tushuntirdi: ... 

Material sanasi 14.08.2020
“MChJda – yagona ta’sischi, uning oʻzi – direktor. U bilan bilan mehnat shartnomasi tuzish kerakmi? U kim bilan shartnoma tuzadi – oʻzi bilanmi?”. ... 

Material sanasi 07.08.2020
Umumiy qoidaga binoan ish beruvchi xodimlar bilan nomuayyan muddatga –muddatsiz mehnat shartnomasi tuzishi shart. Bunda ba’zan tashkilotda “vaqtinchalik” xodimni ishga qabul qilishga oqilona ehtiyoj yuzaga keladi. Qonunchilik ham bunga qat’iy muayyan vaziyatlarda yoʻl qoʻyadi. Mehnat huquqi boʻyicha “Norma” eksperti Lenara XIKMATOVA qanday shartlarda buning imkoniyati mavjudligini tushuntirdi: ... 

Material sanasi 21.05.2020
Jismoniy shaxs ikkita kichkina korxonada – har birida 0,5 stavkadan bosh buxgalter boʻlib ishlaydi. Bunda fuqarolik-huquqiy shartnoma (FHSh) boʻyicha yana bitta firmaga bosh buxgalter boʻlib ishga joylashishi mumkinmi? Aslida bosh buxgalter FHSh boʻyicha ishlay oladimi? ...