Kompaniya logotipi ham nomoddiy aktiv, ham xarajat boʻlishi mumkin. Bu huquqlar kimga tegishli ekani va hujjatlar qanday rasmiylashtirilganiga bogʻliq.
Maqolada BHMS talablarini koʻrib chiqamiz: balansga qachon qoʻyish, qanday hujjatlar kerak, hisobda qanday aks ettirish zarur. Mutaxassislar shartnoma va qabul qilish-topshirish dalolatnomasi namunalarini tayyorladilar. ...
Kompaniyaning asosiy faoliyati - IT uskunalarini yetkazib berish va ularni texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlashga litsenziyalarni olib sotish. Litsenziyalar distribyutorlar orqali boshqa mamlakatlardan xarid qilinadi, ularning boshqa mamlakatlardagi rezidentligi sertifikatlar bilan tasdiqlangan. Litsenziyalar elektron shaklda topshiriladi. Ushbu operatsiyalarni kompaniya QQS hisoblagan holda xizmatlar importi sifatida rasmiylashtiradi.
Bunda norezidentning foyda soligʻi yuzaga keladimi? Buni buxgalter.uz iltimosiga binoan DSQ departamentining bosh mutaxassisi Rano ALIShAYeVA tushuntirdi: ...
Korxonani qayta tashkil etishda mustaqil baholash kompaniyasi ustav fondni aniqladi. Uning miqdori sof aktivlar qiymatidan oshadi.
Ustav fondi va sof aktivlar qiymati oʻrtasidagi farqni qanday hisobga olishni Moliya vazirligi Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari buxgalteriya hisobi metodologiyasi boʻlimi boshligʻi Asal XAShIMOVA tushuntirdi: ...
Buxgalterlarda korxona ehtiyojlari uchun mol-mulklarni, mulkiy huquqlarni, TMZ, dasturiy ta’minotlarni xarid qilishda, ularni tasniflash borasida ba’zi qiyinchiliklar boʻlishi mumkin: nimalarni asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar tarkibiga kiritish mumkin, nimalarni esa mumkin emas. Amaliyotdan ayrim vaziyatlarni koʻrib chiqamiz. ...
2022 yil 1 yanvardan boshlab QQS toʻlovchilar va UF (UK)da davlat ulushi 50% va undan koʻproq miqdorda boʻlgan yuridik shaxslar oʻz aktivlari bilan bogʻliq xoʻjalik operatsiyalarini «E-aktiv» tizimida aks ettiradilar 22.09.2021 yildagi 595-son VMQ 3-b. «b» kichik b.. Buxgalter.uz ushbu tizim qanday ishlashini aniqlashtirdi. ...