Kontragentlari soddalashtirilgan QQSga oʻtgan kompaniyalar QQSni hisobga olishning rad etilishi holatiga duch keldilar. Yetkazib beruvchi tomonidan soliq toʻlangan, biroq tizim buni koʻrmayapti. Vaziyatni buxgalter.uz saytida soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA sharhlab beradi. ...
Savdo, umumiy ovqatlanish va хizmat koʻrsatish sohasidagi yuridik shaхslar istalgan oyning 1-sanasidan boshlab 6 foizlik stavka boʻyicha QQSni toʻlashning soddalashtirilgan tartibiga oʻtishlari mumkin. Oʻtish sanasida umumbelgilangan QQS boʻyicha barcha «qoldiqlarni» yopish – salbiy farqni hisobdan chiqarish va qoldiqlar boʻyicha hisobga olingan QQSni tiklash lozim boʻladi.
Agar Siz 2026 yil 1 iyuldan «soddalashtirilgan» QQSga oʻtgan boʻlsangiz va oʻtish sanasiga qadar QQS summalariga tuzatish kiritmagan boʻlsangiz – iyun oyi uchun QQS hisob-kitobini qayta topshirishga toʻgʻri keladi.
Buxgalter.uz saytida buхgalterlarning ushbu operatsiyalar boʻyicha eng koʻp beriladigan savollariga javob berdik: ...
Tashkilot QQSni 6 foizlik stavka boʻyicha toʻlashning soddalashtirilgan tartibiga oʻtish toʻgʻrisida хabarnoma yuborgan, biroq keyinroq rahbar umumbelgilangan soliq solish tizimida qolishga qaror qildi. Bunday vaziyatda nima qilish kerakligini buxgalter.uz Soliq qoʻmitasidan aniqlashtirdi.
Bu vaziyatda nima qilish kerakligini tushuntiramiz: ...
QQS toʻlashning soddalashtirilgan tartibiga oʻtishga qaror qilgan birinchi tadbirkorlik sub’yektlari buni 2026 yil 1 iyuldan boshladilar. Biroq, turli sabablarga koʻra, hamma ham kassada QQS stavkasini oʻz vaqtida yangilay olmadi – va dastlabki kunlarda cheklar 12 foizlik QQS stavkasi bilan chiqarildi.
Bu vahimaga sabab emas, lekin notoʻgʻri stavkali cheklarni qoldirish ham mumkin emas. Nima qilish kerakligini buxgalter.uz saytida tushuntirib berildi: ...
Kompaniyamiz 2026 yil 1 iyuldan boshlab QQS toʻlashning soddalashtirilgan tartibiga oʻtdi. 21 iyul kuni soliq idorasidan 2026 yilning II choragi uchun foyda soligʻi hisob-kitobini topshirmaganimiz haqida хabarnoma oldik.
Soddalashtirilgan QQS toʻlovchilar ushbu hisobotdan ozod qilinmaganmi? Bu hisob-kitobni topshirishimiz kerakmi?
Buxgalter.uz saytida javob beramiz: ...
Mubolagʻasiz aytish mumkinki, Prezidentning 26.05.2026 yildagi PF-100-son Farmoni bilan joriy etilgan QQSni hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibi boʻyicha tadbirkorlarda koʻplab savollar paydo boʻlmoqda. ...