Yangi
17.06.26
1 iyuldan boshlab koʻplab korxonalarda QQSning soddalashtirilgan tartibiga (12 foizlik oʻrniga 6 foizlik QQS va nol foizlik foyda soligʻi) oʻtish imkoniyati paydo boʻladi. Biroq bunday oʻtish barcha korxonalar uchun ham manfaatli emas. Chunki «kiruvchi» QQSni hisobga olish (zachyot) huquqining yoʻqolishi oqibatida korxona sezilarli moliyaviy yoʻqotishga uchrashi mumkin.
Aynan siz uchun oʻtish foydalimi yoki yoʻqligi biznesingiz tuzilmasining 5 ta omiliga va hatto joriy yilgi rejalaringizga bogʻliq. Buni buxgalter.uz saytida koʻrib chiqamiz:
16.06.26
2026 yil 1 iyuldan boshlab savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat koʻrsatish sohalaridagi korxonalar ixtiyoriy ravishda 6 foizlik stavka boʻyicha QQS toʻlashning soddalashtirilgan tartibiga oʻtishlari mumkin (26.05.2026 y. PF-100-son). Bu tartib 2030 yil 1 yanvargacha amal qiladi. Bunday huquq faqat bir vaqtning oʻzida uchta shart bajarilganda yuzaga keladi. Bu shartlar bir qarashda juda oddiy koʻrinsa-da, ularning har birida e’tibordan chetda qolishi mumkin boʻlgan muhim nozik jihat bor.
Buxgalter.uz saytida tafsilotlarni koʻrib chiqamiz:
12.06.26
Yangi birlashtirilgan https://my.soliq.uz platformasiga oʻtgandan soʻng, koʻplab buxgalterlarda bir xil muammo paydo boʻla boshladi: yangi saytga kirish mumkin, ammo hisobotni shakllantirish va yuborishga harakat qilganda «YTCAPIWS dasturi bilan aloqa yoʻq» xatosi paydo boʻladi.
«Norma» eksperti Shohista YoQUBOVA bu muammoni qanday hal qilishni tushuntirib berdi:
12.06.26
Majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan tashkilotlar 2025 yildagi moliyaviy faoliyati yakunlari boʻyicha auditorlik xulosasi nusxasini 15 iyundan kechiktirmay soliq organlariga taqdim etishlari kerak.
Soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA buxgalter.uz iltimosiga koʻra, auditorlik xulosasini taqdim etishga biror sababga koʻra ulgurmayotganlarga nima qilish kerakligini tushuntirib berdi:
11.06.26
Pivo boʻyicha soʻnggi yangiliklar: 10 iyun kuni qaror qabul qilindi va uning asosida mehmonxona biznesi va umumiy ovqatlanish sub’yektlariga pivoni mijozlarga sotishda uning markirovka kodlarini skanerlamaslik imkonini beruvchi tegishli dasturiy tuzatishlar kiritilmoqda. Endi bu yangilanishlar – umuman alkogol va xususan pivo boʻyicha – tadbirkorlarda amalda qoʻllanilishini kutmoqdamiz.
Batafsil ma’lumot – buxgalter.uz saytida:
10.06.26
Ommaviy axborot vositalarida Prezidentning 01.06.2026 yildagi PQ-210-son qaroriga muvofiq, ishsiz yoshlarni ishga joylashtirishda kamida MHTEKMning 2 baravari miqdorida haq toʻlash belgilanganligi haqida ma’lumot paydo boʻldi. Bu shundaymi?
Vuxgalter.uz iltimosiga binoan, ushbu masalani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Davlat axborot texnologiyalari tekshiruvlarini muvofiqlashtirish boʻlimi bosh mutaxassisi Otabek BOBOMURATOV tushuntirib berdi:
09.06.26
Agar sizda mehmonxona yoki umumiy ovqatlanish shoxobchasi boʻlsa va siz oʻz mehmonlaringizga pivo sotsangiz, shuni bilishingiz kerakki, ehtimol (agar biror narsa oʻzgarsa) yetkazib beruvchining EHFsi imzolangandan soʻng, uning raqamli markirovka kodlari yakuniy iste’mol uchun sotilgan deb hisoblanmaydi. Ularni avvalgidek kassada skanerlashni davom ettirishga toʻgʻri keladi.
«GAROV TARAQQIYOT NKM» MChJ ta’sischisi Vladimir GIBEL buxgalter.uz uchun maxsus TXKM va tadbirkorlarda pivo boʻyicha paydo boʻladigan savollarni aytdi:
04.06.26
10 iyundan boshlab Soliq qoʻmitasi bilan oʻzaro hamkorlikning barcha masalalari boʻyicha my.soliq.uz yagona platformasiga bosqichma-bosqich oʻtayotganimiz haqidagi yangilik yaxshilikka boʻldi. Chunki doimiy ravishda ikki sayt oʻrtasida aylanish unchalik qulay emas edi...
Ushbu «oʻzgarishlar toʻlqini»da buxgalter uchun foydali havolalar keltirilgan shpargalkani tekshirish va yangilash istagi paydo boʻldi. Chunki dunyoda oʻzgarishlarni yoqtiradigan eng oxirgi odam buxgalterdir. Bu «foydali havolalar va xizmatlar» ham vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi. Vaqti-vaqti bilan ularni tekshirish kerak.
Bizning roʻyxatimiz – bu yerda:
02.06.26
21 may kuni Toshkentda Oʻzbekiston moliya mutaxassislarining II Respublika forumi boʻlib oʻtdi. Unda toʻrtta muhim masala – MHMSga oʻtish, buxgalterlarni milliy sertifikatlash, buxgalterlar va moliyaviy menejerlar uchun kasbiy standartlar, islomiy moliya uchun kadrlar masalasi muhokama qilindi.
Muhokama natijalari, va’da qilinganidek, buxgalter.uz saytidagi sharhimizda:
01.06.26
Kalendar yilning deyarli yarmini oʻtkazdik: navbatda – iyun...
Soliq frontining barcha jangchilariga yordam tariqasida bosh buxgalterning oylik rejasini taqdim etamiz. Unda barcha ma’lumotlar – sanalar, me’yoriy-huquqiy hujjatlarga havolalar va maslahatlar keltirilgan: