Yangi

Sobiq oʻzini oʻzi band qilganlar (yangi YaTT) 2026 yil 15 fevralgacha nimalarga ulgurishlari kerak

10.02.26
2026 yilda YaTTga aylangan sobiq oʻzini oʻzi band qilganlar shuni yodda tutishlari kerak: agar siz faqat yuridik shaxslar bilan ishlayotgan boʻlsangiz, endi ulardan shaxsiy bank kartangizga toʻlovlarni olishni davom ettira olmaysiz. Undan aylanmadan olinadigan soliqni ham toʻlab boʻlmaydi. Buning uchun bankda hisob-kitob raqami boʻlishi kerak. Uni tezroq ochish kerak, chunki AOSni toʻlash muddatlari yaqinlashmoqda. Buxgalter.uz tushuntiradi:

JShDS va ijtimoiy soliqni hisoblashda ShJBPHning 0,1% stavkasi boʻyicha «xatolar»dan qanday qochish mumkin

10.02.26
Buxgalterlar JShDS hisob-kitobida raqamlarni yaxlitlash notoʻgʻri ishlayotganini aniqladilar. Ehtimol, keyinchalik bu tuzatilishi mumkin, lekin hozircha eson-omon hisobot berish uchun bu holatni hisobga olish kerak. Nima va qanday qilish kerakligini buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA tushuntirdi:

Qurilish faoliyatining qaysi turlari boʻyicha shartnomalarni my3.soliq.uz saytida roʻyxatdan oʻtkazish kerak

09.02.26
Qurilish-montaj ishlaridan (11307011001000000) tashqari, yana 27 ta qurilish faoliyati (va konlarni ishlatish bilan bogʻliq bitta faoliyat turi) boʻyicha shartnomalarni my3.soliq.uz saytida roʻyxatdan oʻtkazish kerak. Ular boʻyicha MXIKning toʻliq tasdiqlangan roʻyxatini biz Didox orqali oldik, ulashamiz:

2026 yil uchun QQS hisob-kitobida qanday yangi satrlar paydo boʻldi

07.02.26
My.soliq saytida Qoʻshilgan qiymat soligʻi hisob-kitobining yangi shakli ochildi (kodi 10006_45, 2026 yil 1 yanvardan boshlab amal qiladi). E’tibor bering – unda 8 ta yangi satr paydo boʻldi. Shu jumladan – yuqori darajadagi xavf bilan EHF boʻyicha soliqning umumiy summasi bilan:

2026 yilda qurilish materiallari uchun qanday MXIKdan foydalanamiz

05.02.26
2026 yilning yanvar oyidan iyun oyigacha qurilish materiallari, shu jumladan umumiy MXIK bilan ishlashni davom ettiramiz. 2026 yil 1 iyuldan boshlab esa bunday mahsulotlar uchun umumiy MXIKni qoʻllash bosqichma-bosqich cheklanadi. Bu haqda tasnif.soliq.uz portali xabar berdi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

Nima uchun ijara JShDS va ijtimoiy soliq hisobotiga «kirmaydi»

04.02.26
JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha hisob-kitob shakliga (kod 11101_19) ilovalarni toʻldirishni birinchi boʻlib boshlaganlar ijara boʻyicha ma’lumotlarni toʻldirishda muammolarga duch kelishdi. Nimadir «toʻgʻri ketdi» nimadir – yoʻq. Bundan tashqari, ijara ob’yektlari joylashgan tumanlar boʻyicha hisobotlarni yuborish hammada ham muvaffaqmiyatli kechmadi. Vaziyatga soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA izoh berdi:

Poytaxtga kelgan buxgalter qanday qilib muvaffaqiyatli karyera qurishi mumkin

02.02.26
Andijonlik 35 yoshli buxgalter 2 yil ichida 6 ta xalqaro imtihonni topshirdi. 2024 yilda oilasini Toshkentga koʻchirib keldi, juda yaxshi ish topdi, u vaziyatdan juda mamnun. Xalqaro malakalar kasbiy faoliyatni tez va tubdan oʻzgartirishi mumkinligiga ajoyib misol. Tanishing: iqtisodchi va hisobchi Eldorbek HASANOV. Uning faoliyati tarixi va intervyusidagi fikrlari bilan boʻlishamiz:

Birinchi proaktiv hisobotlar boʻyicha soʻrov natijalari: qanday muammolar aniqlandi va ularni hal qilishda qanday yordam olish mumkin

02.02.26
Yer soligʻi va mol-mulk soligʻi boʻyicha dastlabki «avtomatlar» tizimning umuman ishlab turganini, lekin qoʻshimcha sozlanishga muhtojligini koʻrsatdi. Oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalariga koʻra, biz muammoli jihatlar roʻyxatini tuzdik va Resurs soliqlari ma’muriyatchiligi boshqarmasi mutaxassislaridan ushbu masala boʻyicha javob oldik. Idora vakillari quyidagilarni tasdiqladilar: agar hisobot: – proaktiv tizim orqali avtomatik tarzda shakllantirilgan boʻlsa; – hisobotni taqdim etish yoki shakllantirishdagi kamchiliklar texnik sabablar bilan bogʻliq boʻlsa; – soliq toʻlovchi tomonidan qasddan huquqbuzarlik sodir etish faktlari mavjud boʻlmasa, – bu holda soliq toʻlovchiga nisbatan jarimalar, penyalar yoki boshqa salbiy huquqiy choralar qoʻllanilmaydi.

2026 yil fevral oyi uchun bosh buxgalter rejasi

01.02.26
Fevral oyida oddiy odamlar shoshmasdan, sekin ishlaydilar, vitaminlar sotib oladilar, qishki fotosuratlarni joylashtiradilar, ta’tilni rejalashtiradilar, seriallarni tomosha qiladilar va bahorni kutadilar. Buxgalterlar esa bu vaqtda... Oʻtgan yil uchun, yangi yil uchun, yangi qoidalar boʻyicha, yangi shakllar asosida, yangi usullar bilan hisobot beradilar. Oʻzimiznikilarni tashlab qoʻymaymiz, yordam beramiz, yoʻl-yoʻriq tarzida 2026 yil fevral oyi uchun nazorat sanalari koʻrsatilgan reja tayyorladik. Hech narsani oxirgi kunga qoldirmaslikni tavsiya etamiz:

Filial mavjud boʻlsa, JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha qanday hisobot berish mumkin

30.01.26
Agar buxgalter ikkita soliq organiga – bosh ofis roʻyxatdan oʻtkazilgan joy boʻyicha va boʻlinma joylashgan joy boʻyicha hisobot topshirsa, JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha hisobotni qanday topshiradi? Buxgalter.uz iltimosiga binoan ushbu masalaga Soliq qoʻmitasining Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi ma’muriyatchiligi boshqarmasi mutaxassislari oydinlik kiritishdi. Shuningdek, va’da qilganimizdek, Soliq qoʻmitasining bunday hisobotlarni qanday topshirish boʻyicha video-yoʻriqnomani joylashtiryapmiz: