Yangi
02.07.25
Yana «avtokameral» formulalari boʻyicha savol: dastur mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini toʻgʻri hisoblaydimi? Mutaxassislar ayniqsa hisob-kitoblarda eskirish (amortizatsiya)ni hisobga olgan holda oʻrtacha yillik qoldiq qiymatning oʻrniga notarial qiymatni qoʻllashni munozarali deb hisoblashadi.
Buxgalter.uzning iltimosiga koʻra ushbu masala boʻyicha oʻz pozitsiyasini soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA asosladi:
01.07.25
Soliq toʻlovchilar inspektorlarning soliqlarni oldindan – avans tariqasida toʻlashni soʻrab qoʻngʻiroq qilishlaridan shikoyat qilmoqda. Undan ham koʻprogʻi – my3.soliq.uz orqali soliqlarni toʻlashda buxgalter oʻz hisobi boʻyicha aniq toʻlagan taqdirda ham soliqni ortiqcha toʻlashga rozilik berishni taklif qiluvchi chiquvchi oyna koʻradi. Va «yoʻq»ni bosish – mumkin emas, bu holda tizim toʻlov hujjatini rasmiylashtirishga ruxsat bermaydi.
Bunday amaliyot biznesda tushunmovchilikni keltirib chiqarmoqda. Vaziyatni buxgalter.uz soʻrovi boʻyicha soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA sharhladi:
01.07.25
Iyulda ayrim tashkilotlar turli davrlar ma’lumotlari boʻyicha -- iyun yoki 2025 yilning II choragi uchun statistika boʻyicha hisobot topshiradilar.
Tafsilotlar -- buxgalter.uz sharhida:
30.06.25
Iqtisodiyot va moliya vazirining buyrugʻi bilan Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritildi. Hujjat 26 iyundan kuchga kirdi. Tafsilotlarni Bojxona brokerlari assotsiatsiyasi keltirmoqda:
26.06.25
Xalqaro valyuta jamgʻarmasi missiyasi respublikaga progressiv daromad soligʻi shkalasiga oʻtish, aksizlarni oshirish va soliq imtiyozlarini qisqartirishni tavsiya qildi. Byudjetni toʻldirish salohiyati – YaIMning 5,4% gacha.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida
26.06.25
Toshkent shahridagi noturar joy ob’yektlari uchun ijara haqining minimal stavkalariga faoliyat turlari boʻyicha tabaqalashtirilgan oshiruvchi koeffitsiyentlarni qachondan qoʻllash kerak, ularni Toshkent shahar Xalq deputatlari kengashining 2025 yil 15 apreldagi VII-8-60-14-0-K/25-son qarori bilan belgilangan – buxgalter.uz soʻrogʻi boʻyicha moliya hisobi va soliqqa tortish boʻyicha ekspert Umid XAMROYeV tushuntirib berdi:
25.06.25
2025 yilning II choragi uchun 4-kb savolnoma shakli boʻyicha tanlanma tekshirishga tushgan kichik korxonalar va mikrofirmalar roʻyxati e’lon qilindi.
Buxgalter.uz agar sizning kompaniyangiz ham ushbu roʻyxatda boʻlsa, qanday tartibda harakat qilish kerakligini tushuntirib berdi:
23.06.25
2025 yil 1 iyundan boshlab Oʻzbekistonda bojxona rasmiylashtiruvi uchun yangilangan TIF TN qoʻllanilmoqda. Demak, agar E-Contract tizimidagi TIF-shartnomalarga oid spetsifikatsiyalarda eskirgan kodlar qolgan boʻlsa, kodlar mos kelmasligi sababli BYuDni rasmiylashtirish mumkin boʻlmaydi.
Spetsifikatsiyaga oʻzgartirishlar kiritishni buxgalter.uz soʻroviga koʻra Bojxona qoʻmitasining Valyuta nazorati va notarif tartibga solish boshqarmasi katta inspektori Bobur VOHIDOV tushuntirib berdi:
20.06.25
Bojxona organlari depozitidagi mablagʻlar qoldigʻi haqida ma’lumot olish va bojxona toʻlovlari boʻyicha solishtirma dalolatnomani yuklab olishda «Bojxona toʻlovlari boʻyicha solishtirma dalolatnoma» deb nomlangan maxsus ilova yordam beradi.
Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi:
19.06.25
Buxgalter.uz buxgalteriyasi Soliq qoʻmitasidan my3.soliq.uz saytida soliq toʻlash uchun «Yangi toʻlov topshiriqnomasi» oʻrniga toʻsatdan «Mutaxassis yordami» yoki shunchaki «Xato, xizmatdan foydalanish mumkin emas» xabari chiqqan taqdirda nima qilish kerakligini oydinlashtirdi.
Tekshirdik – maslahat ishlaydi! Boʻlishamiz: