Yangi
13.11.19
2020 yilda “Yagona milliy mehnat tizimi” dasturiy kompleksining (YaMMT) joriy etilishi tadbirkorlarni Soliq kodeksi yangi tahririning qabul qilinishi, elektron hisobvaraq-fakturalar va onlayn-NKMga oʻtilishidan kam tashvishga solayotgani yoʻq. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining «Mehnat.uz» MChJ dasturiy-kompyuter markazi direktori Alisher ELMURODOV tizimni sinab koʻrish lozim, biroq amaldagi mehnat shartnomalari boʻyicha butun ma’lumotlarni kiritishga shoshilmaslik kerak, deb hisoblaydi.
13.11.19
Davlat soliq qoʻmitasida 13 noyabrdan boshlab kuchga kiradigan foydalanilmayotgan ob’yektlarga soliq solishning yangi tartibining farqini tushuntirishdi. Eslatib oʻtamiz, yangi tartib Vazirlar Mahkamasining 13.08.2019 yildagi “Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 666-son qaroriga muvofiq joriy etilmoqda.
12.11.19
2019 yilning sentyabr-oktyabr oylarida kameral nazorat yakunlariga koʻra soliq organlari QQS hisoboti boʻyicha 250 mlrd soʻmdan ortiq miqdordagi 3 mingdan ziyod tafovut holatlarini aniqladi. Ushbu huquqbuzarliklarni qisqartirish maqsadida mutaхassislar misollarda хatolar haqida gapirib berishdi.
12.11.19
QHTBT portalida Prezidentning “Eksport-import operatsiyalari boʻyicha valyuta nazorati toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi Farmoni loyihasini muhokama qilish davom etmoqda. DSQ u eksportyorlar va importyorlar toʻlov intizomini yanada tartibga solishni maqsad qilganligiga e’tiborni qaratmoqda.
11.11.19
Oilaviy mehmon uylarining хizmatlari turar joy egalari tomonidan yakka tartibdagi yoki oilaviy tadbirkorlik shaklida taqdim etiladi.
11.11.19
Elektron hisobvaraq-fakturaga oʻtishning amaliy masalalariga doir keng koʻlamli tadbirga tayyorlanishda «Didoks» tizimi ishlab chiquvchilari, «Norma» MChJ ekspertlari va «Mentalist» oʻquv markazi bilan birgalikda amaliyotchi buхgalterlar orasida soʻrov oʻtkazildi. U nafaqat elektron hujjat aylanishini joriy etishning teхnik murakkabliklari, balki EHF tizimida korхona tovar aylanishini majburiy va oʻz vaqtida koʻrsatish bilan bogʻliqligini koʻrsatdi.
08.11.19
Elektron hisobvaraq-fakturalar majburiy boʻladigan yangi yilga ham oz vaqt qolmoqda. Mijozlar uchun kurashda elektron hujjat aylanishi operatorlari oʻz faoliyatining reklama kampaniyasini faollashtirishdi.
07.11.19
«Norma» PRM 2019 yil 22 noyabr kuni «2019 yil noyabr uchun QQS hisobotini qanday topshiramiz» seminariga taklif qiladi.
06.11.19
YaIDXPda QHTBT boʻlimida Vazirlar Mahkamasining “Moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga ob’yektlarni kapital qurishni amalga oshiradigan pudrat tashkilotlariga qoʻshilgan qiymat soligʻini qoplashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi joylashtirilgan.
06.11.19
Loyihadan byudjet jarayonidagi oʻzgarishlarni, 2020 yilgi makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi va soliq-byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlarini 2021-2022 yillarga moʻljallangan yoʻnalishlarni bilib olish hamda 2020 yilgi Davlat byudjeti loyihasi, tashabbusli byudjetlashtirish bilan tanishish mumkin.