Yangi

Gulnora ERGAShEVA: «Eng yaxshi yoʻl – kodeksni qabul qilishni keyinga qoldirish»

28.10.19
Yangi Soliq kodeksi loyihasini muhokama qilgan holda talay ekspertlar fiskal oʻzaro munosabatlar tomonlarining huquqlari va majburiyatlari qismida uning muvozanatlashtirilmaganligini qayd etdilar. Bunga sabab – soliq tekshiruvlari chogʻida soliq organining yetarlicha aniq boʻlmagan vakolatlari doirasi, boshqa muhim masalalarda batafsil reglamentlarning mavjud emasligi.

ASSA XMHSga oʻtishga tayyorlashda oʻquv markazlari bilan raqobatlashadi

25.10.19
Diplomli sertifikatlangan buxgalterlar uyushmasi (ASSA) Oʻzbekiston buxgalterlari va auditorlarini XMHSga oʻtishga tayyorlashni rejalashtirmoqda. ASSA Moliya vazirligidagi uchrashuvda oʻz oʻquv dasturi taqdimotini oʻtkazib, hamkorlik tafsilotlarini muhokama qildi.

Axborot oshkor qilinmaganligi uchun kim jazolanadi?

23.10.19
61 ta aksiyadorlik jamiyati emitent tomonidan axborotni oshkor qilish toʻgʻrisidagi qonun normasini buzgan. Kapital bozorini rivojlantirish agentligi ularning mas’ul mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy jazo qoʻllanilishi haqida ogohlantirdi.

Soliq kodeksi loyihasini qanday yaxshilash mumkin

23.10.19
2019 yil 22 oktyabr kuni EOAVMA media-maydonida korxonalar rahbarlari va bosh buxgalterlari, auditorlar va soliq maslahatchilari, Oliy Majlis deputatlari, Moliya vazirligi va DSQ vakillari Soliq kodeksi loyihasini takomillashtirish boʻyicha takliflarni muhokama qildilar. Konferensiya oʻtkazilgan sanada “Soliq va bojxona xabarlari” gazetasining 25 yillik va “Norma” kompaniyasining 20 yillik yubileyi nishonlandi.

MHXSga oʻtish korxonalarga qanchaga tushadi?

23.10.19
2021 yil yakunlari boʻyicha talay xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar MHXS asosida moliyaviy hisobot tuzishga majbur boʻladilar. Bunga rahbarlar va bosh buxgalterlar tayyormi? Ularda qanday savollar tugʻiladi? Qaysi muammolarni oʻtishning “soʻnggi” muddatlarini kutmasdan hal qilishga ulgurish lozim?

Qayta moliyalashtirish stavkasi 16% darajada saqlab qolindi

21.10.19
Markaziy bank Boshqaruvi 2019 yil 19 oktyabrdagi qarori bilan imtiyozli kreditlash mezonlariga mos kelmaydigan iqtisodiyot tarmoqlari uchun pul-kredit siyosati sharoitlarini qat’iylashtirmaslik uchun qayta moliyalashtirish stavkasini 16% darajasida saqlab qoldi.

Roʻyxatga olishning yangi tartibi joriy etilishi bilan roʻyxatga olingan QQS toʻlovchilarni nima kutadi?

21.10.19
Roʻyxatga olishning yangi tartibi QQS toʻlovchilarda texnik va tashkiliy tusdagi bir qator savollarni tugʻdirmoqda. Yangi tizim qanday ishlashi haqida Davlat soliq qoʻmitasining Kameral nazorat boshqarmasi boshligʻi Aziz HOShIMOV soʻzlab berdi.

Diqqat: tanlov!

16.10.19
Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston auditorlar palatasi, Oʻzbekiston buxgalterlar federatsiyasi hamda «Soliq va bojxona xabarlari» gazetasi tahririyati «Eng yaxshi buxgalter–2019», «Eng yaxshi auditor–2019» va «Eng yaxshi ichki auditor–2019» deb nomlanuvchi uchta mustaqil tanlovda ishtirok etishga taklif etadi.

Buxgalter 25 oktyabrgacha nimalar qilishi kerak

15.10.19
Hurmatli buxgalterlarga joriy yilning III choragi uchun hisobot topshirishga bir necha kun qolganligini eslatib oʻtamiz. Nazorat sanalarini aniqlashtirib olamiz.

QQS boʻyicha ortiqcha toʻlangan summalarni qaytarishning elektron tizimi barpo etilmoqda

14.10.19
Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha ortiqcha toʻlangan summalarni qaytarishning avtomatlashtirilgan tizimi soliq toʻlovchilarga, ayniqsa eksport qiluvchilarga yordam beradi, deb xabar berdi DSQning axborot xizmati.