Yangi

2020 yildan boshlab BYuDda tovar qaysi soha uchun olib kirilayotganligini koʻrsatish lozim

04.12.19
Buning uchun maxsus Tasniflagich tasdiqlandi. Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga bu va boshqa tuzatishlar kiritiildi. Ular 2020 yil 1 yanvardan kuchga kiradi (roʻyxat raqami 2773-4, 29.11.2019 y.).

Utilizatsiya yigʻimini undirish uch oydan keyin boshlanadi

18.11.19
Tegishli oʻzgartirishlar «Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida» va «Chiqindilar toʻgʻrisida»gi qonunlarga kiritildi.

Alkogol savdosidagi cheklovlar qayta koʻrib chiqildi

18.11.19
Tuzatishlar 2019 yil 14 noyabrdagi OʻRQ-584-son Qonunda keltirilgan.

Eksportyorlar va importyorlarga jarimalarni oshirish rejalashtirilmoqda

07.11.19
DSQ TIF qatnashchilari tomonidan yuklab joʻnatilgan tovarlar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun tushumlar oʻz vaqtida va toʻliq kelib tushishi uchun sanksiyalarni qat’iylashtirish tashabbusi bilan chiqdi. Bu QHTBT portalida muhokama qilinayotgan NHH loyihasida nazarda tutilgan.

Tashqi savdo operatsiyalari: valyuta va tovarlar kelib tushsa, jarima boʻlmaydi

28.10.19
Eksport-import operatsiyalari boʻyicha valyuta nazorati toʻgʻrisidagi nizomga tuzatishlar kiritildi.

Yangi qonun moliyaviy sektor rivojiga qanday ta’sir koʻrsatadi?

25.10.19
MB yaqinda qabul qilingan kreditorlarni huquqiy jihatdan himoya qilishni kuchaytirish hamda tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qonunni sharhladi.

Valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi yangi qonun: asosiy oʻzgartirishlar

24.10.19
«Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahriri e’lon qilindi.

Deputatlar korxona tugatilishini soddalashtiruvchi tuzatishlarni qabul qildilar

23.10.19
Qonunchilik palatasining 22 oktyabrdagi majlisida deputatlar tadbirkorlik sub’yektlarini tugatish tartibi takomillashtirilishiga qaratilgan qonun loyihasini muhokama qildilar.

Non uchun kompensatsiya oluvchilarni talabnoma va reyestrda koʻrsating

22.10.19
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi.

Donning qayerda ishlab chiqarilishi QQS boʻyicha imtiyozga qanday ta’sir koʻrsatadi

03.10.19
Donni qayta ishlaydigan korxonalar va mahalliy dondan foydalangan holda qolipli non ishlab chiqaruvchilarning QQS boʻyicha imtiyozlari 2020 yil 1 iyulga qadar saqlanib qoladi.