Yangi

Xato yoki nosozlik sababli hisobdan chiqarilmagan markirovka kodlarini muomaladan qanday chiqarish kerak

15.04.26
«MChJimizning alkogol sotadigan doʻkoni bor edi, u yanvar oyida yopildi, lekin uning hisobida hamon markirovkalangan tovar (alkogol mahsulotlari) turibdi. Bu tovarni qanday qilib hisobdan chiqarish mumkin va markirovka bilan nima qilish kerak?» Markirovka kodlari nima sababdan muomalada qolganidan qat’i nazar (jumladan, chek urmagan boʻlsangiz, texnik nosozlik yuz bergan boʻlsa, doʻkon yopilayotganda tovar qoldiqlarini notoʻgʻri tasarruf etgan boʻlsangiz va h.k.), korxonaning vazifasi – tovarning amalda yoʻqligini hujjatlar bilan tasdiqlash va markirovka kodlarining toʻgʻri hisobdan chiqarilishini ta’minlash. Buni qonuniy va noxush oqibatlarsiz qanday amalga oshirish haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish boʻyicha ekspert Rufina MIRShARIPOVA soʻzlab berdi:

ASL BELGISI. BUSINESS mobil ilovasi yordamida markirovkalangan mahsulotlar bilan ishlashni qanday soddalashtirish mumkin

14.04.26
Markirovkalangan mahsulotlar bilan ishlash aniqlik, nazorat va ma’lumotlardan tezkor foydalanishni talab etadi. Tovar aylanmasi ishtirokchilari uchun markirovka kodlarini tezkor tekshirish, mahsulot harakatini kuzatish, kechikishlarsiz va ortiqcha operatsiyalarsiz ishlash muhimdir. Ushbu vazifalarni hal etishga biznes uchun qulay va bepul vosita – ASL BELGISI. BUSINESS mobil ilovasi imkon beradi. U aynan nimalarga qodirligi haqida «CRPT TURON» MChJ mutaxassislari soʻzlab berishdi:

Soliq toʻlovchi «manfiy EHF»ga qanday ariza berishi kerak

10.04.26
Realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) yetkazib berish qiymatini kamaytirish tomonga tuzatish kiritish uchun yetkazib beruvchi manfiy EHF taqdim etadi. Buning uchun my3.soliq.uz orqali tegishli ariza berish lozim. Batafsil ma’lumotlar – buxgalter.uz saytida.

2026 yil 1 apreldan boshlab yangi talablar boʻyicha onlayn-NKT bilan qanday ishlash kerak

07.04.26
2026 yil boshidagi koʻplab murakkab yangiliklar tufayli kassa texnikasini PF-246-son Farmonga muvofiq sozlash (naqd pulsiz toʻlov, markirovka va h.k.) masalasi chetda qolib ketdi. Proaktiv hisobotlar, imtiyozlar, inventarizatsiya, yaroqlilik muddatlari va hayotning boshqa «tashvishlari» bilan andarmon boʻlib, 1 aprel ham kirib kelganini sezmay qoldik. Kassa toʻgʻri sozlanganiga qanday ishonch hosil qilish kerak, sozlamalar mos kelmasa nima qilish lozim, ammo muammo bartaraf etilguncha u bilan ishlashda davom etish zarur boʻlsa-chi? Alohida MXIKlar va tovar/xizmat qiymati boʻyicha cheklovlarni hisobga olgan holda toʻlovni qanday qabul qilish kerak? Buxgalter.uz iltimosiga binoan ushbu savollarga onlayn-NKM boʻyicha ekspertlar – «RIG» MChJ direktori Rustam YoQUBOV va «GAROV TARAQQIYOT NKM» MChJ ta’sischisi Vladimir GIBEL batafsil tushuntirish berdi:

Oʻzini oʻzi band qilganlarni ishga qabul qilish mumkinmi

06.04.26
«Ayting-chi, oʻzini oʻzi band qilgan odamni ishga olish mumkinmi?» Ilgari mumkin emas edi, endi esa ba’zi hollarda bunga ruxsat beriladi! Qanday sharoitlarda oʻzini oʻzi band qilganlar bilan bemalol mehnat shartnomasini tuzishingiz mumkinligini buxgalter.uz ekspertlari tushuntirdi:

2026 yilda ta’til toʻlovlari va foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya qanday hisoblanadi

05.04.26
Mehnat shartnomasi, jamoa shartnomasi va korxonaning lokal hujjatlariga muvofiq xodimlarga yillik mehnat ta’tilining muayyan kunlari belgilangan. Foydalanilmagan kunlar uchun kompensatsiya toʻlash sharti bilan undan toʻliq yoki qisman foydalanishlari mumkin. Ta’til haqini yoki foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiyani qanday hisoblashni «Norma» eksperti Oleg SOY misollar asosida tushuntirib berdi. Maqolada 2026 yilda ta’til toʻlovlari va foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiyani hisoblashning bosqichma-bosqich yoʻriqnomasi va formulasi keltirilgan.

Demontaj va qayta ishlashga xarajat qilmaslik uchun tashqi reklamani joylashtirishda nimalarni hisobga olish kerak

02.04.26
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati reklama joyi pasportini davlat xizmatlari portali orqali qanday rasmiylashtirishni, shuningdek, tijorat ob’yektlarida peshlavhalar va logotiplarni joylashtirishning asosiy talablarini eslatdi. Reklama konstruksiyalaringiz majburan olib tashlangan boʻlsa (juda «ijodiy» yondashuv yoki boshqa sabablarga koʻra) nima qilish kerakligini tushuntiramiz:

Soliq toʻlovchilar 2026 yilda SKning 337-moddasi «8-qismi 2-xatboshisi» boʻyicha foyda soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllashlari mumkinmi?

01.04.26
«2025 yil noyabr oyida korxona 1 mlrd soʻmlik chegaradan oshib, foyda soligʻi va QQSni majburiy tartibda toʻlashga oʻtdi. Buxgalter 2025 yilning IV choragi uchun hisobot berdi va soliqni toʻladi. Korxonaning daromadi 10 mlrd soʻmdan oshmaydi. Mazkur korxona 2026 yilda SKning 337-moddasi 8-qismi 2-xatboshisiga (OʻRQ-1108-son Qonunga asosan chiqarib tashlangan) muvofiq foyda soligʻini 50%ga kamaytirilgan stavkada toʻlash boʻyicha imtiyozga ega boʻladimi? Soliq maslahatchilarining bu boradagi fikrlari keskin farq qildi:

Notariuslar qanday soliqlarni toʻlaydi

01.04.26
«Men notariusman, notariuslarning foyda soligʻini toʻlash masalasiga oid maslahat bera olasizmi?» Buxgalter.uz tushuntiradi:

Umidsiz qarzdorlik boʻyicha QQSni qaytarish mumkinmi

30.03.26
«Korxona xizmatlar koʻrsatdi, buyurtmachiga QQS hisoblangan hisobvaraq-fakturani taqdim etdi. Buyurtmachi xizmat haqini toʻlamadi. Korxona sudga murojaat qilib, yutib chiqdi. Biroq, Majburiy ijro byurosining qaroriga koʻra, sud qarori bilan qarzni toʻlash uchun buyurtmachining mablagʻi yoʻq. Korxona sud qaroriga qaramay, buyurtmachi tomonidan haqi toʻlanmagan xizmatlar boʻyicha byudjetga toʻlangan QQSni qaytarib olishi mumkinmi? Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga «Norma» eksperti Irina AXMETOVA javob berdi: