Yangi
15.01.26
MChJ ishtirokchisi muntazam ravishda umumiy yigʻilishlarni e’tiborsiz qoldirsa, muhim qarorlarni bloklasa yoki biznesga zarar yetkazsa, korporativ nizo hal qilib boʻlmaydigan darajaga yetishi mumkin. Bunday hollarda oxirgi, lekin qonunda nazarda tutilgan chora – muassisni MChJ tarkibidan chiqarish chorasi qoʻllaniladi.
Qonun qachon ishtirokchini MChJ tarkibidan majburiy ravishda chiqarishga ruxsat berishini, sudga da’vo arizasi berish uchun qanday hujjatlar zarurligini, ishtirokchi tomonidan qoidabuzarliklarni qanday isbotlashni va sud qaroridan keyin uning ustav kapitalidagi ulushi bilan nima sodir boʻlishini koʻrib chiqamiz.
13.01.26
Soliq kodeksi biz hali sizlar bilan muhokama qilmagan bitta yangi norma bilan toʻldirildi. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar endi soliq qarzini oʻz debitorlari hisobidan oʻzaro tasdiqlangan yoki bir tomonlama imzolangan hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasini murojaatga ilova qilgan holda toʻlashlari mumkin.
Tafsilotlarni buxgalter.uz sharhida aniqlaymiz:
12.01.26
Soliq toʻlovchilar oʻtgan yilda tuzilgan nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisida soliq organlarini xabardor qilishi shart. «Norma» ekspertlari buni qanday amalga oshirish va xabarnoma yuborilmasa, nima boʻlishini tushuntirdi.
09.01.26
1 yanvardan boshlab yer soligʻini hisoblash maqsadlari uchun belgilangan zonalar kesimida, shuningdek faoliyat turidan kelib chiqqan holda noturar joy ob’yektlari boʻyicha ijara toʻlovining eng kam stavkalariga oshiruvchi koeffitsiyentlar kuchga kirdi.
Qoidaga koʻra, buxgalterning oʻzi ob’yektning kadastr hujjatlari boʻyicha oʻzining ushbu soliq zonasini juda yaxshi biladi. Lekin shunday vaziyatlar boʻlishi mumkinki (bunday savollar bizga «Javob beramiz!» xizmati orqali kelib tushadi), buni aniqlashtirish kerak boʻladi...
Buni qayerda va qanday amalga oshirish mumkinligini tushuntiramiz:
09.01.26
QQS toʻlovchi korxona chet el kompaniyasining buyurtmasi boʻyicha u bergan xom ashyoni mahsulot ishlab chiqarish uchun olib kiradi. Ishlar bajarilgandan soʻng barcha mahsulotlarning 80 foizi Oʻzbekiston hududidan olib chiqib ketildi, 10 foizi buyurtmachining Oʻzbekistondagi filialiga topshirildi va 10 foizi buyurtmachi tomonidan bajarilgan ishlar uchun toʻlov sifatida korxonaga topshirildi. Bu holatda QQSning nol darajali stavkasini qanday qoʻllash mumkin?
Buxgalter.uz tushuntiradi:
06.01.26
Moliyaviy hisob va soliq solish boʻyicha ekspert Umid HAMROYeV buxgalter.uz iltimosiga koʻra oshiruvchi koeffitsiyentli ijara toʻlovi stavkalarini qoʻllash tartibini tushuntirdi.
Materialda – hisob-kitob (agar shartnoma boʻyicha ijara summasi – eng kam stavkadan past va yuqori boʻlsa), jismoniy shaxslar oʻrtasidagi ssuda shartnomasi boʻyicha soliq solish, yuridik shaxs – QQS toʻlovchining ijara va binolarni tekin foydalanishga berishdan olingan daromadlari misollari keltirilgan.
01.01.26
Yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni nazorat qilish – buxgalterning asosiy vazifalaridan biridir. Maqolada yetkazib beruvchilar oldidagi majburiyatlar qaysi schyotlarda hisobga olinishini va oʻtkazmalar uchun qanday hujjatlar asos boʻlishini koʻrib chiqamiz:
01.01.26
Oʻzbekistonda oʻzaro bogʻliq shaxslar oʻrtasidagi barcha bitimlar transfert narxlari qismida maxsus nazorat ostida. Bu masalani Soliq kodeksi tartibga soladi.
Transfert bitimlari qachon nazorat qilinishini, buxgalter nega ular haqida xabar berishi shart ekanligini, soliq organiga xabarnomani qanday topshirish kerakligini batafsil koʻrib chiqamiz.
01.01.26
2021 yil 1 iyundan 16 yoshga toʻlgan shaxslarga identifikatsiya ID-kartalarini berish bilan bir vaqtda jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga qoʻyish amalga oshiriladi.
Ammo korxonaga ilgari rasmiy ravishda ishlamagan katta yoshdagi shaxs – pasport bilan, lekin ShJBPH raqamisiz kelib qolishi mumkin. Siz uning roʻyxatga olinishi masalasini «Xalq banki» sayti orqali nisbatan tez hal qilishingiz mumkin.
Buxgalter.uz nimani va qanday qilish kerakligini tushuntiradi:
01.01.26
Komitentning manfaatlarini koʻzlab tovarlarni, xizmatlarni sotuvchi yoki sotib oluvchi komissioner unga har oylik hisobotni taqdim etishi kerak. Amaliyotda Hisobvaraq-fakturalar toʻgʻrisida nizomda mustahkamlab qoʻyilgan ushbu talab koʻp hollarda buziladi.
Bunday hisobotlarni qanday tuzish kerakligi haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA gapirib berdi: