Yangi

Soliq hisobi siyosati: qanday qilib tez tasdiqlash va 2026 yilda jarima olmaslik mumkin

01.01.26
Biz buxgalter.uz Telegram-kanali obunachilaridan ularda 2026 yil uchun soliq solish maqsadida Hisob siyosati tasdiqlangan-tasdiqlanmaganligini soʻradik. Respondentlarning 11 foizi (oʻzbek tilidagi kanalda 18 foiz) «belgilanganidek, 1 yanvargacha» tasdiqlangan, deb javob bergan. Ochigʻini aytganda, bu juda ajablanarli, chunki dekabr oyining soʻnggi kunlarida soliq qonunchiligida koʻp narsani oʻzgartirgan NHHlar qabul qilindi. Buxgalterlarning koʻpchiligi butun yanvar oyi davomida nima va qanday oʻzgarganini va bu ularning kompaniyasiga qay darajada taalluqli ekanligini tushunishga jon-jahdlari bilan urindilar... Bundan tashqari, koʻplab respondentlar ushbu masala bilan shugʻullanayotganliklarini yoki umuman milliy standartlardan foydalanmayotganliklarini tan olishdi. Vaholanki, bu hujjatning yoʻqligi muammolarga olib kelishi mumkin. Agar S’HSingiz (soliq hisobi siyosati) hali ham «ishlayotgan» boʻlsa, bu maqola siz uchun.

Oʻzbekistonda boʻnak hisobotini toʻldirish: namuna va 1Sda rasmiylashtirish

01.01.26
Boʻnak hisoboti – hisobdor summalarni hisobga olish uchun majburiy birlamchi hujjat. Uning toʻgʻri toʻldirilishi korxonani soliq idoralari da’volaridan himoya qiladi va xoʻjalik xarajatlarini toʻgʻri aks ettirish imkonini beradi. Maqolada Oʻzbekistonda boʻnak hisobotiga qoʻyiladigan dolzarb talablar, qanday hujjatlar kerakligi, 1S:Buxgalteriyada boʻnak hisobotini qanday rasmiylashtirish kerakligini koʻrib chiqamiz.

2026 yilda kompensatsiya toʻlovlarini qanday toʻlash va ekologiya hisobotini qanday topshirish kerak

01.01.26
Faoliyati atrof-muhitga ta’sir koʻrsatuvchi korxonalar kompensatsiya toʻlovlarini toʻlashlari va hisob-kitobni topshirishlari shart – ayrimlari har chorakda, boshqalari yilda bir marta. Aynan kim, qaysi muddatda toʻlashi, hisobotni qanday topshirishi va yordam soʻrab qayerga murojaat qilishi kerak – bularning bari haqida Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi boshligʻi Akmal RASULOV buxgalter.uz portaliga gapirib berdi.

Ish haqiga qoʻshimcha toʻlov va ustama: 2026 yilda hisoblash va rasmiylashtirish boʻyicha qoʻllanma

01.01.26
Ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar motivatsiya vositasi boʻlib xizmat qiladi, xodimlarni yuqori yutuqlari, kasbiy mahorati va kompaniyaga sadoqati uchun ragʻbatlantiradi. Shuningdek, ular ish bilan bogʻliq xavf va noqulayliklarni qoplaydi. Boshqacha aytganda, qoʻshimcha toʻlovlar ish beruvchiga mehnat unumdorligini oshirish, ish sifatini yaxshilash va malakali mutaxassislarni saqlab qolishga yordam beradi. Ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar qanday boʻladi, ish haqiga foizli ustamani qanday hisoblash kerak va ustama toʻlovini qanday rasmiylashtirish kerak, bu haqda buxgalter.uz da batafsil oʻqing:

Xodimning daromadlari toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma: 2026 yilda buxgalter nimani bilishi kerak

01.01.26
Jismoniy shaxsning daromadlari toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma - «oddiy» koʻrinadigan hujjat. Lekin kamdan-kam tashkilotda uning berish jarayoni toʻgʻri yoʻlga qoʻyilgan. Bunday ma’lumotnomadagi xatolar kompaniya uchun xavf tugʻdiradi: ham soliq organining ortiqcha e’tibori, ham xodimlarning shikoyatlari. Buxgalter ma’lumotnomani qanday shaklda berish, qachon uning berishdan bosh tortish mumkin va xodimdan ariza olish hamda ma’lumotnomani roʻyxatga olish kerakmi – bularni aniq bilishi muhim.

«Xalq banki» tizimiga tashkilotning STIRi boʻyicha soʻrovnomalarni qanday qoʻshish kerak

01.01.26
«Xalq banki» tizimiga tashkilotning STIRi boʻyicha barcha xodimlarni bitta tugma yordamida qoʻshish mumkin. Qayta tashkil etilayotgan kompaniyalar uchun foydali funksiya. Buxgalter.uz qanday qilishni tushuntirib beradi:

Fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma boʻyicha ijrochini xizmat safariga yuborish mumkinmi

01.01.26
Shunday holat yuz berishi mumkinki, fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma boʻyicha ijrochingiz ishni bajarish uchun boshqa hududga yoki hatto chet elga borishi kerak boʻladi. Tashkilot bunday safarni qanday rasmiylashtirishi kerak? Birinchi qarashda yechim ravshan – xizmat safarini rasmiylashtirish. Ammo bu – qoʻshimcha hisoblab chiqarishlarga olib kelishi mumkin boʻlgan xatodir. Keling, tushunishga harakat qilaylik:

Oʻzbekistonda kontragentni tekshirish: 2026 yilda buxgalter uchun yoʻriqnoma

01.01.26
Shartnoma tuzishdan oldin kontragentning ishonchliligini tekshirish – lozim darajadagi ehtiyotkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik talabidir. Kompaniyalar biznes-hamkorning bitim boʻyicha majburiyatlarini bajarish qobiliyatiga ishonch hosil qilishi kerak. Biz kompaniyani tez tekshirish boʻyicha qadamma-qadam yoʻriqnoma tayyorladik. Kontragentni tekshirish xizmatlari boʻyicha eslatma sizga foydali boʻladi.

2026 yilda soliq solish maqsadida hisob siyosatini qanday tuzish kerak

01.01.26
Soliq solish maqsadidagi hisob siyosati majburiy hujjat hisoblanadi. U soliq bazasini hisoblash, soliqlar va majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqish, soliq hisobotini tuzish uchun konseptual asos hisoblanadi.

Qanday qilib ShJBPHga toʻlov topshiriqnomasini shakllantirish va hisobotni joʻnatish kerak

01.01.26
ShJBPHni toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomasini my.soliq.uz dagi shaxsiy kabinetda shakllantirish, reyestrni esa nps.xb.uz da joʻnatish mumkin. Buni qanday amalga oshirishni tushuntiramiz: