Yangi
01.12.25
Bu yil dekabr qandaydir sezilmay kirib keldi-yu, endi hamma narsa «kutish» rejimiga oʻtdi...
Dekabr oyida biz noyabr oyi uchun hisobot beramiz, tegishli soliqlarni toʻlaymiz, yillik hisobot arafasida «qolgan ishlarni nihoyasiga yetkazib qoʻyamiz», Yangi yil korporativlariga tayyorlanamiz, bayramda kimga nima sovgʻa qilishni taxmin qilamiz, boshqa dolzarb masalalarni hal qilamiz.
Nazorat sanalari bilan batafsil rejamiz sizga yordam beradi:
01.12.25
Importning bojxona rasmiylashtiruvi bilan sizda alohida mutaxassislar shugʻullansa ham, buxgalteriya baribir bojxona rasmiylashtiruvining koʻplab muhim jihatlarini bilishi kerak. Bojxonada yuk qanday bosqichlardan oʻtadi, qanday toʻlovlar va qancha miqdorda amalga oshiriladi, butun jarayon qancha davom etadi va eng muhimi – buxgalter aktivlarni hisobga toʻgʻri qabul qilish uchun chiqishda qanday hujjatlarni olishi kerak?
Buxgalter.uz tushuntiradi:
01.12.25
Restoranda Yangi yilni jamoaviy nishonlash uchun korporativ karta bilan toʻlash mumkinmi? Bu operatsiyani buxgalteriyada qanday aks ettirish mumkin? Kompaniya tomonidan Yangi yil korporativ toʻlovi xodimlar uchun moddiy naf koʻrinishidagi daromad hisoblanadimi?
Hamma narsani qanday qilib toʻgʻri qilish - xatolarsiz va noxush oqibatlarsiz tashkillashtirishni «Norma» ekspertlari tushuntirdilar:
28.11.25
Agar oʻzini oʻzi band qilgan shaxs yuridik shaxsga xizmatlar koʻrsatsa va uning jami daromadi 100 mln soʻmdan oshsa, oʻzini oʻzi band qilgan shaxs uchun soliqni ushlab qolish va aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha hisobotni yuborish majburiyati ushbu yuridik shaxsda (soliq agentida) – soliq organlari tomonidan yuridik shaxslarga yuboriladigan xabarnoma asosida yuzaga keladi.
Ushbu vaziyatga birinchi marta duch kelgan koʻplab buxgalterlarda savollar (bularning barchasini qanday tartibda bajarish kerak) va achchiq afsuslanishlar (nima uchun umuman oʻzini oʻzi band qilgan shaxs bilan bogʻlanishgan, yaxshisi YaTT bilan ishlashgan ma’qul) paydo boʻladi.
Aslida hammasi koʻringanidek qoʻrqinchli emas. Harakatlar tartibini buxgalter.uz uchun maxsus «Norma» MChJ bosh buxgalteri Natalya GRIShUTINA tushuntirdi:
26.11.25
Korxona import tovarni toʻliq boʻlmagan BYuD ND-40 bilan rasmiylashtirgan. QQS bojxona toʻlovlari tarkibida toʻlangan. Biroq QQS hisob-kitobida toʻlangan soliq hisobga olinadigan soliq sifatida aks ettirilmagan. Bunda korxona tovarni toʻliq boʻlmagan BYuD rasmiylashtirilgandan keyin realizatsiya qiladi. Bu vaziyatda buxgalter qanday yoʻl tutishi kerak?
Buxgalter.uz tushuntiradi:
24.11.25
Avval xabar qilinganidek, 2025 yil 20 noyabrdan 10 dekabrgacha (2025 yil 10 dekabr ham kiradi) tadbirkorlik sub’yektlari 2025 yil uchun elektron cheklar va onlayn-NKT cheklaridagi summalarni tuzatishlari mumkin.
Shu bilan birga, Soliq qoʻmitasi keshbek toʻlangan cheklarni ham oldindan keshbek summasini oʻz hisobidan byudjetga qaytarish orqali tuzatish mumkinligini ma’lum qildi.
Buxgalter.uz buni qanday amalga oshirish mumkinligiga aniqlik kiritdi:
21.11.25
Shahar markaziy shifoxonasining II toifali mutaxassisi boʻlgan shifokor asosiy shifoxonadan tashqari 0,5 stavkada oʻrindoshlik asosida davolovchi jismoniy tarbiya yoʻriqchisi sifatida ish bajaradi. Uning oylik tarif stavkasini qanday qilib toʻgʻri hisoblash mumkin?
Buxgalter.uz tushuntiradi:
20.11.25
Soliq organlari va soliq toʻlovchilar oʻrtasidagi kelishmovchiliklarning sabablari turlicha boʻlishi mumkin. Buxgalter.uz ularning koʻpchiligi haqida bir necha bor yozgan, soliq toʻlovchilar va soliq maslahatchilarining pozitsiyalarini e’lon qilgan. Biroq, har qanday bahsli masalada ikkala tomonni ham tinglash kerak.
Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA soliq idorasining pozitsiyasini quyidagicha ifodalashga harakat qildi:
18.11.25
Vaziyat: xodim joriy oy uchun maoshining 50% miqdorida boʻnak olgan, keyin kasal boʻlib qolgan va oy oxirigacha «kasallik ta’tilida» boʻlgan. Ish haqi miqdori hisoblab chiqilganda, oylik ish haqi boʻyicha ortiqcha toʻlov 440 ming soʻmni tashkil etgan. Hisoblangan «kasallik varaqasi» summasidan ish haqi boʻyicha ishlab topilmagan boʻnakni ushlab qolish mumkinmi?
Buxgalter.uz tushuntiradi:
17.11.25
Xoʻjalik yurituvchi sub’yektning yuridik manzili oʻzgarishini qanday qilib toʻgʻri rasmiylashtirish mumkin? Nima, qaysi muddatda va qanday tartibda amalga oshirilishi kerak? Qanday hujjatlar tayyorlansin? new.birdarcha.uz saytiga qanday oʻzgartirish kiritish mumkin?
2025 yilda Oʻzbekistonda yuridik manzil oʻzgarishi bilan bogʻliq asosiy jihatlarni koʻrib chiqamiz: