Yangi

TTXni hisobga olgan holda TMZ tannarxini hisoblash usullari

23.10.25
TMZ (tovar-moddiy zaxiralar) tannarxini hisoblash tovar narxiga, foyda marjasiga va moliyaviy natijaga bevosita ta’sir koʻrsatadi. Amalda buxgalterlar TMZni sotib olish bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlarni turlicha aks ettiradilar. Tashkilot transport-tayyorlov xarajatlarini (TTX) hisobga olish usulini tanlash – ularni zaxiralar tannarxiga kiritish yoki davr xarajatlariga kiritish huquqiga ega. Qolgan qoʻshimcha xarajatlar – bojxona bojlari va yigʻimlari, sertifikatlashtirish xarajatlari, qoplanmaydigan soliqlar tannarxga kiritiladi. Profi Training biznes-treneri Yuliya PAKIDIShEVA (ACCA DipIFR, CAP) ikkala usulni ham tushuntirib berdi:

Direktor bosh buxgalterni ishdan boʻshatish imkoniyatlarini cheklasa

21.10.25
Direktor mehnat shartnomasiga bosh buxgalter oʻz xohishiga koʻra faqat hisobot davri tugaganidan keyin ishdan boʻshashi mumkinligi toʻgʻrisidagi shartni kiritmoqchi. Hisobotni tayyorlash va topshirish paytida esa ishdan boʻshash mumkin emas, aks holda jarima toʻlanadi. Lekin buxgalterda qandaydir jiddiy holatlar yuzaga kelishi mumkinmasmi? Bunday mehnat shartnomasini imzolash toʻgʻrimi? Mehnat qonunchiligi normalarini buxgalter.uz iltimosiga koʻra «Norma» eksperti Lenara XIKMATOVA tushuntirib berdi:

Jismoniy shaxsdan kvartira sotib olishda JShDS boʻyicha imtiyozni qanday qoʻllash mumkin

17.10.25
Juda keng tarqalgan holat: korxona jismoniy shaxsdan koʻp qavatli uyning birinchi qavatidan kvartira sotib oladi. Uni noturar joyga oʻtkazish va unda, masalan, doʻkon yoki savdo ofisi ochish rejalashtirilmoqda. Soliq oqibatlarini tushuntiramiz:

2025 yil III choragi uchun Foyda soligʻi hisob-kitobini topshirishdan oldin oʻzingizni tekshirib koʻring

14.10.25
20 oktyabr – III chorak uchun Foyda soligʻi hisob-kitobini topshirishning oxirgi muddati tugashiga juda oz vaqt qoldi. Hamkasblaringizda koʻp savollar yuzaga keladigan vaziyatlar boʻyicha test yordamida oʻzingizni sinab koʻring. Testdan oʻtganingizda sovgʻaga ega boʻlasiz!

Agar xodima haq toʻlanadigan dekret ta’tilini toʻxtatsa, ish haqi toʻliq hajmda toʻlanadimi

14.10.25
Xodima homiladorlikning 30-haftasida mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida homiladorlik ta’tiliga chiqdi, bunga toʻliq haq toʻlandi. Bola tugʻilgandan soʻng, ayol «kasallik varaqasi» muddati tugashini kutmasdan, ishga qaytishga qaror qildi: chaqaloqqa qaraydigan odam bor, unga esa pul kerak. Ish beruvchi e’tiroz bildirmadi va uni ishga qabul qildi. Ammo endi bir qator savollar tugʻilmoqda: bu qonuniymi? Allaqachon toʻlangan homiladorlik va tugʻish nafaqasi bilan nima qilish kerak va tashkilot ushbu davr uchun qoʻshimcha ish haqi hisoblashi kerakmi? «Norma» eksperti Lenara XIKMATOVA ushbu vaziyat boʻyicha oʻz fikrini buxgalter.uz bilan boʻlishdi:

Xodimni ishdan boʻshatishda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini qanday toʻlash mumkin

10.10.25
Xodim ishdan boʻshayapti – ishning oxirgi kunlarida «kasallik varaqasi» ochilgan boʻlsa, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini toʻlash kerakmi? Mehnatga layoqatsizlikning barcha kunlari uchun nafaqa toʻlash kerakmi yoki faqat ishdan boʻshash kunlariga toʻgʻri keladigan kunlar uchunmi? Buxgalter.uz tushuntiradi:

«Kasallik varaqasi» ochilgan davrda ishlash: buxgalter qanday yoʻl tutishi kerak

09.10.25
Amaliyotda koʻpincha shunday boʻladiki, «kasallik varaqasi» ochilgan xodim ishga chiqadi va xuddi shu davr uchun ish haqi oladi. Buxgalter bu vaqtda qanday toʻgʻri harakat qilishi kerakligini koʻrib chiqamiz:

MXIK boʻyicha imtiyozlarni qanday qoʻllash kerak

08.10.25
Vaziyat: yangi xususiy maktabning yosh buxgalteri maktab tomonidan taqdim etiladigan ta’lim xizmatlari SKning 243-moddasi 10-bandiga muvofiq QQSdan ozod qilinganligini biladi. Lekin bu imtiyozni qoʻllash tartibini bilmaydi. U soliq imtiyozlaridan qanday foydalanish mumkinligi xususida murojaat qildi. Mazkur vaziyat qanday hal qilinadi?

PF-229-son va PQ-290-son hujjatlar boʻyicha tikuv-trikotaj korxonalariga imtiyozlarni qanday qoʻllash kerak

07.10.25
Prezidentning 27.12.2024 yildagi PF-229-son Farmoni va Prezidentning 19.09.2025 yildagi PQ-290-son qarori bilan tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati korxonalariga imtiyozlar berildi. Ushbu normativ-huquqiy hujjatlar imtiyozlarning turli amal qilish muddatlari va ularni qoʻllashning turli tartiblarini belgilaydi. Imtiyozlarni qachon va qanday qoʻllash kerakligini buxgalter.uz iltimosiga koʻra iqtisodiy masalalar boʻyicha mutaxassis Umid HAMROYeV tushuntirib berdi:

Tovarlarga nisbatan imtiyozlarni qoʻllash boʻyicha bojxona organining dastlabki qarorini qanday olish mumkin

07.10.25
Imtiyozlar boʻyicha dastlabki qaror bojxona imtiyozlarini notoʻgʻri qoʻllash bilan bogʻliq xalqaro operatsiyalardagi xavflarni kamaytirish imkoniyatini beradi. Uni qanday olish mumkinligini buxgalter.uz koʻrsatmasida oʻqing: