Yangi

Elektron tijorat uchun foyda soligʻining pasaytirilgan stavkasini qanday qoʻllash kerak

09.09.25
Korxona – QQS va foyda soligʻi toʻlovchisi tovarlarni: a) sayt va mobil ilova orqali; b) OʻzRTXB orqali; v) Davlat xaridlari elektron tizimi (xt-xarid.uz) orqali realizatsiya qiladi. 2025 yilda hisobot topshirishda u elektron tijorat uchun foyda soligʻining pasaytirilgan stavkasini qanday qoʻllashi kerak? Buxgalter.uz tushuntiradi:

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilishda hisobdor shaxslarning plastik kartalaridan toʻlov qilish mumkinmi

08.09.25
«Korxona oʻzi ishlab chiqargan va bozordan naqd pulga xarid qilingan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qiladi, bunda xarid dalolatnomalari rasmiylashtiriladi. Korxona xarid qilinayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun hisobdor shaxslar – xodimlarning plastik kartalariga pul mablagʻlarini oʻtkazib va ushbu kartalardan xaridni toʻlab hisob-kitob qilishga haqlimi?» Buxgalter.uz tushuntiradi:

MXIKga oʻlchov birligi kilogramm biriktirilgan boʻlsa, tovarni litrda sotish mumkinmi

05.09.25
«Tasnif.soliq.uz saytida MXIK 03210001006000000 – Fasad boʻyogʻi uchun oʻlchov birligi «kilogramm» belgilangan, biroq doʻkon uni 2,5 litrlik idishlarda sotadi. Bu doʻkon fasad boʻyogʻini 2,5 litrlik idishlarda sotishga haqli emas deganimi?» Buxgalter.uz tushuntiradi:

Ta’lim olish uchun ish beruvchi haq toʻlasa, EHFni kimning nomiga taqdim etish kerak

04.09.25
Xususiy maktab ota-ona bilan shartnoma tuzgan. Uning farzandi ta’lim olishi uchun korxona-ish beruvchi haq toʻlaydi. Maktab EHFni ota-ona nomiga uning JShShIRini koʻrsatgan holda taqdim etmoqda. Lekin toʻlovni amalga oshirayotgan korxonaning buxgalteri EHFni korxona manziliga taqdim etishni talab qilmoqda. Bunday vaziyatda maktab EHFni kimga taqdim etishi kerak? Buxgalter.uz tushuntiradi:

E-ijara tizimida ijara shartnomasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnomaga oʻzgartirishlar kiritish

03.09.25
Ijara.soliq.uz saytida ijara shartnomasi roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng unga oʻzgartirishlar kiritish zaruriyati paydo boʻlishi mumkin. Masalan, xatolarni tuzatish yoki qoʻshimcha shartlarni koʻrsatish. Buni qanday toʻgʻri amalga oshirish kerak ekanligini tushuntiramiz:

Soliqchilar yetkazib beruvchining EHFni haqiqiy emas deb topganda

02.09.25
Asosiy vositalar yetkazib beruvchisi hisobvaraq-fakturada QQSni aks ettirgan va korxona uni hisobga qabul qilgan. Keyinchalik kameral tekshiruv natijalari boʻyicha soliq organi bitimni – soxta, yetkazib beruvchining hisobvaraq-fakturasini esa haqiqiy emas deb topgan. Ushbu vaziyatda QQS hisobga qabul qilish summasini tuzatishni qanday aks ettirish kerakligini «Norma» ekspertlari tushuntirdi:

2025 yil sentyabr oyi uchun bosh buxgalter rejasi

01.09.25
Barchaga ushbu kuz faslida yaxshi kayfiyat tilaymiz! Va hamma narsa rejaga koʻra ketsin. Sentyabr oyida nazorat sanalarini oʻtkazib yubormaslik uchun buxgalter.uzdagi bosh buxgalter rejasidan foydalaning. Eslatib oʻtamiz, 1 sentyabr, dushanba – Mustaqillik kuni, barcha uchun ishlanmaydigan bayram kuni. 30 sentyabrda esa – «Oʻqituvchilar va murabbiylar kuni» bayrami arafasidagi bayramoldi qisqartirilgan ish kuni.

DTni oʻz ichiga olgan kompyuterlarni import qilishda bojxona qiymatiga nimani kiritish kerak

29.08.25
«Korxona 40 000 AQSh dollarilik summaga 100 ta kompyuterni ularning ishlashini ta’minlaydigan operatsion tizim bilan import qilmoqda. Kontrakt va tasnifda operatsion tizimni hisobga olgan holda kompyuterlarning umumiy narxi va qiymati koʻrsatilgan. Uning qiymati alohida koʻrsatilmagan. Mazkur vaziyatda bojxona qiymatiga nima kiritiladi?» Buxgalter.uz tushuntiradi:

Import shartnomasi boʻyicha kreditorlik qarzini hisobdan chiqarishda QQSga tuzatish kiritish kerakmi

29.08.25
QQS toʻlovchisi boʻlgan korxona joriy oyda import boʻyicha sotib olingan asbob-uskunalar (AV) uchun kreditorlik qarzini hisobdan chiqarmoqda. Yukning bojxona rasmiylashtiruvi chogʻida QQS toʻlangan va hisobga olingan. Shartnoma va yetkazib beruvchi mamlakatining qonunchiligi boʻyicha da’vo muddati oʻtgan. Mazkur vaziyatda QQSga tuzatish kiritish (tiklash) kerak yoki yoʻqligini «Norma» ekspertlari tushuntirishdi:

KTYaDRdan koʻchirmani qanday olish mumkin

28.08.25
Yuridik shaxs bilan bitim tuzayotganda, birinchi navbatda Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registridan (KTYaDR) koʻchirma oling. Xizmat bepul. Bunda yetkazib beruvchi yoki xaridor bitim tuzish paytida reyestrda boʻlishi muhim. Agar tekshirish paytida yetkazib beruvchi reyestrda boʻlmasa, inspektorlar sizni ehtiyotkorlik qilmaganlikda ayblashga haqli emaslar. Ma’lumotnomani stat.uz sayti orqali olish mumkin: