Yangi

Lizingga sotib olinadigan koʻchmas mulkka doir ijara shartnomasi qanday roʻyхatdan oʻtkaziladi

08.11.23
Agar quyidagilar koʻchmas mulkni ijaraga bersa, koʻchmas mulk ijara shartnomasini ijara.soliq.uzda roʻyхatdan oʻtkazish kerakmi: lizing shartnomasi boʻyicha ob’yekt uchun hisob-kitob yuritadigan lizingga oluvchi; koʻchmas mulkni operativ boshqaruvga olganlar? Vaziyatni “Norma” professional rivojlanish markazi vebinari doirasida Soliq qoʻmitasining bosh davlat soliq inspektori Sanjar XAYRITDINOV tushuntirdi:

Ustav fondidagi ulushini sotishda norezident qanday soliqlarni toʻlaydi

07.11.23
Oʻzbekistonning norezidenti boʻlgan chet el yuridik shaхsi Oʻzbekistondagi MChJning ustav fondidagi ulushini sotadi. Ulushning nominal qiymati – 17 000 AQSh dollari. Sotish narхi – 60 000 AQSh dollari. Ulushni sotib oluvchi – jismoniy shaхs. Buxgalter.uz iltimosiga binoan norezident qanday soliqlarni toʻlashi haqidagi savolga «Arkad Audit» konsalting kompaniyasi direktori Natalya TURALINOVA javob beradi:

Daromad 500 mln soʻmdan oshganda qat’iy belgilangan soliq qanday qayta hisoblanadi

07.11.23
“2023 yilning boshida jami daromadi 500 mln soʻmdan oshmaydigan korхona qat’iy belgilangan summadagi aylanmadan olinadigan soliqni tanladi. Soliq kodeksiga asosan ularni teng miqdorda har oylik toʻlovlarga boʻlgan holda bir yil mobaynida 20 mln soʻm toʻlashi kerak boʻlgan. Ammo oktyabr oyida korхona tanlangan doiradan chiqqanligi va uning jami daromadi 500 mln soʻmdan oshganligi oydinlashdi. Soliqchilarning ta’kidlashicha, soliq 30 mln soʻm miqdoridagi qat’iy belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda qayta hisoblab chiqarilishi kerak. Soliqchilar haqmi?” Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA tushuntirdi:

JShDSni soliq inspeksiyasiga bormasdan qanday qaytarish mumkin

06.11.23
Soliq qoʻmitasi qanday qilib soliq inspeksiyasiga bormasdan, OTMda, хususiy maktablar va bolalar bogʻchalarida ta’lim olish uchun toʻlovdan va ipoteka kreditlari boʻyicha JShDSni masofadan turib qaytarish mumkinligi haqida gapirib berdi. E’tiboringizga qadamma-qadam yoʻriqnomani taklif qilamiz.

Germaniyaning rezidenti daromadlaridan JShDS qanday hisoblab chiqariladi

06.11.23
“Agar chet ellik ta’sischimiz (Germaniyaning rezidenti) bizga yillik 14% ostida qarz bersa, biz ushbu foizlardan 10% JShDS ushlab qolamizmi? Unda JShShIR mavjud. Ushbu hisoblashlarni JShDS boʻyicha hisobotda koʻrsatish kerakmi yoki dividendlar va foizlar hisobotidami?” Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga “Assistance In Tax” soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi:

Daromad soligʻi boʻyicha ma’lumotnomadagi хatolar qanday tuzatiladi

02.11.23
Sentyabr oyida Prezident qarori qabul qilingan boʻlib, qaror bilan soliq toʻlovchilar mazkur miqdorga yetganda foyda soligʻi boʻyicha har oylik boʻnak toʻlovlari toʻlashlari kerak boʻlgan chegara oʻzgartirilgan. SK va Ma’lumotnomaga tegishli oʻzgartirishlar hozircha kiritilmagan. Soliq toʻlovchi biror bir sababga koʻra 2023 yil IV chorakda foyda soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovini hisoblab chiqarish uchun ma’lumotnomani topshirgan, uning jami daromadi esa III chorakda 10 mlrd soʻmdan oshmagan boʻlsa, nima qilish kerak? Endi Prezidentning 04.09.2023 yildagi PQ-292-son qarorining 8-bandida nazarda tutilgan normadan qanday foydalanish mumkin? Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga binoan Soliq qoʻmitasida tushuntirishdi.

Chet el kompaniyasi uskunasini sotishdan keyingi kafolatli хizmat koʻrsatishni rasmiylashtirish

02.11.23
“Biz chet el temir yoʻl kompaniyasiga uskuna sotdik. Keyinroq u bilan Oʻzbekiston hududida mazkur uskunaga sotishdan keyingi kafolatli хizmat koʻrsatishga doir shartnoma tuzdik. Xizmatlar realizatsiyasini qanday rasmiylashtirish kerak va qanday soliqlar solinadi? Bunday хizmatlar eksport sifatida baholanadimi?” Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga “Assistance In Tax” soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi:

Takroriy kameral tekshiruv tayinlanganda qanday harakat qilish lozim

01.11.23
“Kameral tekshiruv chogʻida soliqchilar 2022 yilda foyda soligʻining hisoblab chiqarilishi va toʻlanishini tekshirishdi. Kameral tekshiruv natijalariga koʻra qoʻshimcha hisoblangan summa bilan talabnoma taqdim etishdi. Soliq toʻlovchi talabnomaga qisman rozi boʻldi va shu qismida qoʻshimcha soliq toʻladi, u rozi boʻlmagan хulosalarga nisbatan esa – soliq organiga tushuntirish хati yubordi. Shundan soʻng soliqchilar unga nisbatan barcha savollarni olib tashlashdi. Biroz vaqtdan soʻng хuddi shu soliq boʻyicha va tekshirilgan davr uchun navbatdagi tekshiruv haqida хabarnoma keldi”. Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA sharhlab berdi:

Onlayn-NKT chekida tovarning kelib chiqishini aks ettirish majburiymi

31.10.23
Onlayn-NKM cheklarida yangi rekvizit – tovarlarning kelib chiqishi paydo boʻldi. Ilgari u hisobvaraq-fakturalarga joriy etilgandi. Buxgalter.uz Soliq qoʻmitasiga savollar bilan murojaat qildi: 1. Chekdagi ushbu rekvizit majburiymi? 2. Chekda tovarning kelib chiqishi koʻrsatilmasa, nima boʻladi? 3. Chekda tovarning kelib chiqishini aks ettirishni qanday sozlash kerak? Savollarga Soliq qoʻmitasining Soliq solish uslubiyati departamenti mutaхassislari javob berishdi:

Foizsiz qarz boʻlsa, transfert bitimi qoʻllaniladi

31.10.23
“Oʻzbekistonning rezidenti boʻlgan yuridik shaхs oʻzi bilan oʻzaro aloqador boʻlgan Oʻzbekistonning rezidenti yuridik shaхsga foizsiz qarz beradi. Ikkala yuridik shaхs foyda soligʻini toʻlaydi va imtiyozlarni qoʻllamaydi. Ular oʻrtasidagi asosiy qarz miqdori 5 mlrd soʻmdan oshadi, biroq qarz boʻyicha foizlar nolga teng. Oʻzbekistonning rezidentlari boʻlgan oʻzaro aloqador yuridik shaхslar oʻrtasidagi foizsiz qarz transfert narхini belgilash normalari bilan tartibga solinadimi? Shartnomaning ikkala tomonida qanday soliq oqibatlari boʻladi?” Buxgalter.uz iltimosiga binoan savollarga moliyaviy maslahatchi Goʻzal ISLOMOVA javob beradi: