Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) boʻyicha oʻqitish va buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlari qoplab beriladigan buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlar va xalqaro buxgalter sertifikatlari roʻyxati tasdiqlandi (roʻyxat raqami 3325, 13.10.2021 y.). Tafsilotlar - norma.uz portali sharhida:
2022 yil 1 yanvardan boshlab QQS toʻlovchilar va UF (UK)da davlat ulushi 50% va undan koʻproq miqdorda boʻlgan yuridik shaxslar oʻz aktivlari bilan bogʻliq xoʻjalik operatsiyalarini «E-aktiv» tizimida aks ettiradilar 22.09.2021 yildagi 595-son VMQ 3-b. «b» kichik b.. Buxgalter.uz ushbu tizim qanday ishlashini aniqlashtirdi.