Yangiliklar
29.10.19
Elektron hivobvaraq-fakturaga oʻtish buxgalterlarda talay savollar tugʻdirmoqda. Masalan – korxona EHFga oʻtgan boʻlsa, uning kontragentlari – oʻtmagan boʻlsa, qanday yoʻl tutish kerak? Yoki tizimga yuklangan hujjatda xato topilgandachi? Bu va boshqa savollarga DSQ huzuridagi “Yangi texnologiyalar” IAM direktori Hayotjon NASRULLOYeV javob berdi.
29.10.19
5 noyabr:
•2019 yilning oktyabrida natura shaklida toʻlangan daromadlardan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlashning soʻnggi kuni (SK 188-moddasi 1-qismi).
29.10.19
Amaldagi Soliq kodeksi ham, yangi kodeks loyihasi ham murakkab tilda yozilgan. Har bir normani koʻp marotaba qayta oʻqib chiqishga toʻgʻri kelmoqda va hatto shundan keyin ham baribir savollar yuzaga kelmoqda. Buxgalterlar kodeksni tushunarliroq qilishni va uni uslubiy koʻrsatmalar bilan toʻldirishni soʻrashmoqda. Bu buxgalterga xato qilmaslik va soliq organlarining maslahat berish boʻlinmalariga yuklamani kamaytirishga yordam beradi. Bundan tashqari, buxgalterlar xavfni tahlil qilish natijalari boʻyicha tekshiruvlarni tayinlash mezonlari va kameral nazorat natijalari va uning doirasida amalga oshiriladigan harakatlar haqida axborotga muhtojlar.
28.10.19
Davlat xizmatlari agentligi tashrif buyuruvchilarga qulay vaqtda navbatga yozilish funksiyasini joriy etmoqda.
28.10.19
My.soliq.uz soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabinetida soliq qonunchiligidagi oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi axborot joylashtirildi. Xususan - yetkazib berish muddati 180 kundan ortiq boʻlgan import kontraktlari boʻyicha uskunalar va butlovchi buyumlar yuzasidan muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik qarzi uchun sanksiyalar qoʻllamaslik.
28.10.19
Eksport-import operatsiyalari boʻyicha valyuta nazorati toʻgʻrisidagi nizomga tuzatishlar kiritildi.
28.10.19
Yangi Soliq kodeksi loyihasini muhokama qilgan holda talay ekspertlar fiskal oʻzaro munosabatlar tomonlarining huquqlari va majburiyatlari qismida uning muvozanatlashtirilmaganligini qayd etdilar. Bunga sabab – soliq tekshiruvlari chogʻida soliq organining yetarlicha aniq boʻlmagan vakolatlari doirasi, boshqa muhim masalalarda batafsil reglamentlarning mavjud emasligi.
25.10.19
MB yaqinda qabul qilingan kreditorlarni huquqiy jihatdan himoya qilishni kuchaytirish hamda tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qonunni sharhladi.
25.10.19
Diplomli sertifikatlangan buxgalterlar uyushmasi (ASSA) Oʻzbekiston buxgalterlari va auditorlarini XMHSga oʻtishga tayyorlashni rejalashtirmoqda. ASSA Moliya vazirligidagi uchrashuvda oʻz oʻquv dasturi taqdimotini oʻtkazib, hamkorlik tafsilotlarini muhokama qildi.
24.10.19
«Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahriri e’lon qilindi.
23.10.19
Qonunchilik palatasining 22 oktyabrdagi majlisida deputatlar tadbirkorlik sub’yektlarini tugatish tartibi takomillashtirilishiga qaratilgan qonun loyihasini muhokama qildilar.
23.10.19
61 ta aksiyadorlik jamiyati emitent tomonidan axborotni oshkor qilish toʻgʻrisidagi qonun normasini buzgan.
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi ularning mas’ul mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy jazo qoʻllanilishi haqida ogohlantirdi.
23.10.19
2019 yil 22 oktyabr kuni EOAVMA media-maydonida korxonalar rahbarlari va bosh buxgalterlari, auditorlar va soliq maslahatchilari, Oliy Majlis deputatlari, Moliya vazirligi va DSQ vakillari Soliq kodeksi loyihasini takomillashtirish boʻyicha takliflarni muhokama qildilar. Konferensiya oʻtkazilgan sanada “Soliq va bojxona xabarlari” gazetasining 25 yillik va “Norma” kompaniyasining 20 yillik yubileyi nishonlandi.
23.10.19
2021 yil yakunlari boʻyicha talay xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar MHXS asosida moliyaviy hisobot tuzishga majbur boʻladilar. Bunga rahbarlar va bosh buxgalterlar tayyormi? Ularda qanday savollar tugʻiladi? Qaysi muammolarni oʻtishning “soʻnggi” muddatlarini kutmasdan hal qilishga ulgurish lozim?
22.10.19
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi.
21.10.19
Markaziy bank Boshqaruvi 2019 yil 19 oktyabrdagi qarori bilan imtiyozli kreditlash mezonlariga mos kelmaydigan iqtisodiyot tarmoqlari uchun pul-kredit siyosati sharoitlarini qat’iylashtirmaslik uchun qayta moliyalashtirish stavkasini 16% darajasida saqlab qoldi.
21.10.19
Roʻyxatga olishning yangi tartibi QQS toʻlovchilarda texnik va tashkiliy tusdagi bir qator savollarni tugʻdirmoqda. Yangi tizim qanday ishlashi haqida Davlat soliq qoʻmitasining Kameral nazorat boshqarmasi boshligʻi Aziz HOShIMOV soʻzlab berdi.
16.10.19
Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston auditorlar palatasi, Oʻzbekiston buxgalterlar federatsiyasi hamda «Soliq va bojxona xabarlari» gazetasi tahririyati «Eng yaxshi buxgalter–2019», «Eng yaxshi auditor–2019» va «Eng yaxshi ichki auditor–2019» deb nomlanuvchi uchta mustaqil tanlovda ishtirok etishga taklif etadi.
15.10.19
Hurmatli buxgalterlarga joriy yilning III choragi uchun hisobot topshirishga bir necha kun qolganligini eslatib oʻtamiz. Nazorat sanalarini aniqlashtirib olamiz.
14.10.19
Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha ortiqcha toʻlangan summalarni qaytarishning avtomatlashtirilgan tizimi soliq toʻlovchilarga, ayniqsa eksport qiluvchilarga yordam beradi, deb xabar berdi DSQning axborot xizmati.