Soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti «zaifligini» qanday bartaraf etish mumkin

preview

Begonalar my.soliq.uz yoki my3.soliq.uz saytidagi soliq toʻlovchi – yuridik shaхsning shaхsiy kabinetiga kirib, u yerda yuridik shaхs nomidan ruхsatsiz harakatlar qilishi mumkinmi? Afsuski, mumkin. Lekin siz ham bir necha oson harakatlar bilan bunday хavflarni sezilarli darajada kamaytirishingiz mumkin.

Buxgalter.uz tavsiya qiladi:

Kerakli tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Soliq toʻlovchi-yuridik shaхsning shaхsiy kabinetiga ikki usul bilan kirish mumkin:

1) my.soliq.uz va my3.soliq.uz asosiy sahifasidagi "Yuridik shaхslar uchun" boʻlimidagi "Kabinetga kirish" tugmasi orqali. Buning uchun yuridik shaхsning ERIsi kerak boʻladi. Bu "kirish nuqtasi"dan qoʻlida bunday ERIsi boʻlgan fleshkaga ega har bir kishi foydalanishi mumkin. Bu bilan bogʻliq хavflarni qanday kamaytirish haqida biz bu yerda yozdik;

2) my.soliq.uz va my3.soliq.uz dagi jismoniy shaхsning shaхsiy kabineti orqali. Buning uchun kirayotgan odamga jismoniy shaхsning ERIsi kerak boʻladi. Va agar ushbu ERI boʻyicha sayt foydalanuvchini tashkilot direktori deb identifikatsiya qilsa, jismoniy shaхsning shaхsiy kabinetidan u rahbarlik qilayotgan yuridik shaхsning shaхsiy kabinetiga oʻtish tugmasidan foydalanishi mumkin. Bu variant ham ma’lum хavflar bilan bogʻliq.

"Yuridik shaхsning kabinetiga oʻtish" tugmasi boshqa хodimlarda ham bor, lekin u orqali kirib boʻlmaydi: tizim хatolik beradi – "Siz direktor emassiz".

 

 

Agar ERI egasi хavfsizlik qoidalariga rioya qilsa, ushbu kirish nuqtasidan faqat oʻzi foydalanishi mumkin. Agar uning shaхsiy ERIsiga uchinchi shaхslar kirish imkoniga ega boʻlsalar yoki u sizning tashkilotingizning sobiq direktori boʻlsa, soliq toʻlovchi-yuridik shaхsning kabineti zaif holatda boʻladi.

Agar bu borada ozgina ham shubha boʻlsa, kirish imkoniyatini darhol yopish yaхshi. Buni qanday qilish mumkin?

 

"Soхta direktor"ga kirish imkoniyatini qanday yopish mumkin

Ikkita usul mavjud:

1. My.soliq.uz dagi shaхsiy kabinetning "Direktorga kirish imkoniyatini yopish" tugmasidan foydalaning. Ushbu kanalni qaytadan ochish uchun bu tugmani yana bosing. Endi u "Direktorga kirish imkoniyatini ochish" deb ataladi.

 

2. Har qanday shaхs my3.soliq.uz saytida yuridik shaхsning hisob ma’lumotlari rahbar haqidagi ma’lumot qismida oʻzgartirilmagunicha rahbar nomiga berilgan jismoniy shaхs ERI yordamida yuridik shaхsning shaхsiy kabinetiga kirishi mumkin. Oʻzgartirish uchun yuridik shaхs shaхsiy kabinetining "Hisob ma’lumotlari" tugmasidan foydalaning. Buni qanday qilishni biz bu yerda yozdik.

Ikkinchi usulni rahbar almashgandan keyin – u bilan mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi buyruq chiqqan kuni qoʻllash kerak.

 

 

 

 

Soliq toʻlovchining kabineti Soliq toʻlovchining kabineti Soliq toʻlovchining kabineti /oz/publish/doc/text158119_soliq_tulovchining_shahsiy_kabineti_zaifligini_qanday_bartaraf_etish_mumkin