9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Xorijiy tashkilot tomonidan Oʻzbekistondan tashqarida koʻrsatilgan xizmatlarga QQS solinadimi
Oʻzbekistonda doimiy muassasaga ega boʻlmagan xorijiy tashkilot Oʻzbekiston korxonasiga marketing va maslahat xizmatlari, shuningdek Oʻzbekiston tashqarisida mijozlarni izlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatdi. Oʻzbekiston korxonasi QQS toʻlashi zarurmi?
Ushbu savolga javob berishni buxgalter.uz “Norma” eksperti Oleg SOYdan iltimos qildi:
- Agar xizmatlarni realizatsiya qilish joyi Oʻzbekiston hisoblansa, xizmatlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma QQS solish ob’yekti hisoblanadi
.
Umumiy qoidaga koʻra, basharti xizmatlarning xaridori Oʻzbekiston hududida faoliyatni amalga oshirsa yoki tursa, Oʻzbekiston xizmatlarni realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etiladi
. Ayrim xizmat turlari uchun realizatsiya qilish joyi alohida qoidalar boʻyicha aniqlanadi
.
SKning 241-moddasi uchinchi qismi 1-10-bandlarida marketing xizmatlari ham, maslahat xizmatlari ham, mijozlarni izlash boʻyicha xizmatlar ham koʻrsatilmagan. Xizmatlar xaridori – Oʻzbekiston rezidenti boʻlganligi bois, ushbu xizmatlarga QQS solinadi.
Oʻzbekiston korxonasi soliq agenti sifatida u QQS toʻlovchisi ekanligi yoki toʻlovchisi emasligidan qat’i nazar soliq summasini hisoblab chiqarishi va chet ellik shaxsdan uni ushlab qolishi va byudjetga oʻtkazishi shart
.
Agar shartnoma shartlariga muvofiq xorijiy hamkor xizmatlarni QQSsiz koʻrsatsa, soliq agenti ular boʻyicha soliq bazasini soliqni inobatga olmagan holda koʻrsatilgan xizmatlar qiymatidan kelib chiqib aniqlaydi. Bu holda soliq agenti mustaqil ravishda QQS summasini hisoblab chiqarishi va uni byudjetga oʻtkazishi shart
.
![]()