Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
Onlayn-NKM tizimi soliqlar boʻyicha hisob-kitoblarda sotuvlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni avtomatik tarzda aks ettiradi. Yaqinda unga oʻzgartirishlar kiritildi. Komitent va vositachi turli soliqlarni (QQS yoki aylanmadan olinadigan soliq) toʻlagan taqdirda endi vositachilik shartnomasi boʻyicha tovarlarni sotishdan olingan tushum qanday aks ettirilishini buxgalter.uz iltimosiga binoan DSQ ICT departamenti boshligʻi Hayotjon NASRULLOYeV gapirib berdi:
- “Vositachilik shartnomasi asosida tovarlarni realizatsiya qilishda (хizmatlar koʻrsatishda) chekda komitentning STIRi koʻrsatiladi, soliq hisobotini shakllantirishda esa uning maqomi hisobga olinadi.
Agar komitent - QQS toʻlovchi boʻlsa, chek summasi avtomatik tarzda uning QQS boʻyicha hisobotida aks ettiriladi. Agar u - aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchi boʻlsa, tegishincha - aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha hisobotida hisobga olinadi.
Onlayn-NKM tizimi cheklar summalarini quyidagi toʻrtta ehtimoliy kombinatsiyalar boʻyicha soliq hisobotida aniq aks ettiradi:
1) vositachi va komitent - aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar;
2) komitent - aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchi, vositachi - QQS toʻlovchi;
3) komitent - QQS toʻlovchi, vositachi - aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchi;
4) komitent va vositachi - QQS toʻlovchilar”.
Oleg GAYeVOY tayyorladi