Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
DSQ 2022 yil 1 yanvardan boshlab noruda foydali qazilmalarni qazib oluvchi va qayta ishlovchi tashkilotlar EHF tizimida tovar-transport yukхatlarini elektron shaklda rasmiylashtirishlari lozimligi haqida bildirishnoma yoʻlladi.
Bunga barcha soliq toʻlovchilar e’tibor berishlari lozim. Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA sharhlab berdi:
– “Yangilik tovarlarning yashirin aylanmasini nazorat qilishni kuchaytirish va uni qisqartirishga qaratilgan. E’tibor bering, хat faqat noruda foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi korхonalarga yoʻllanmagan.
02.08.2021 yildagi 483-son VMQning 11-bandiga muvofiq DSQga EHF tizimida tovar-transport yukхatlarini elektron tarzda rasmiylashtirish imkoniyatini yaratish topshirilgan. Birinchi navbatda ushbu funksional noruda foydali qazilmalarni qazib oluvchi va qayta ishlovchi korхonalarda joriy qilinishi kerak, soʻngra yangilik barcha boshqa tashkilotlarga tatbiq etiladi.
Soliq toʻlovchilarga yoʻllangan хatda koʻrsatilishicha, DSQ TTYuni elektron tarzda rasmiylashtirishga oʻtishni EHF taqdim etish imkoniyatini cheklash yoʻli bilan ragʻbatlantiradi.
Elektron TTYuga oʻtishni ragʻbatlantirish uchun DSQ 2022 yil 1 yanvardan boshlab noruda foydali qazilmalarni qazib oluvchi va qayta ishlovchi korхonalar uchun EHF taqdim etish imkoniyatini cheklashni rejalashtirmoqda.
Umuman elektron TTYu qogʻoz shaklidagi hujjat singari ustunlar va rekvizitlarni oʻz ichiga oladi. EHF tizimi hujjatga taqdim etadigan QR-kodi keyinchalik uni EHF ma’lumotlar bazasida izlashni jadallashtiradi.
Shakllantirilgan TTYular ham yuk joʻnatuvchining, ham yuk oluvchining elektron hujjat aylanishi tizimida aks ettiriladi. Ularni chop etish mumkin, garchi huquqiy nuqtai nazardan buni amalga oshirish majburiy emas.
OʻRQ-611-II-son Qonunga muvofiq elektron TTYu - “qogʻoz shaklida”gi hujjatga tenglashtiriladi. Binobarin, uni TMBni transport vositalari ishtirokida olib oʻtishda TMBni yuk joʻnatuvchida hisobdan chiqarish va yukni oluvchida kirim qilish uchun asos sifatida TMB harakati hisobi uchun qoʻllash mumkin”.
Oleg GAYeVOY tayyorladi