9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Tashkilot oʻz xodimlariga ishonchnoma berib, ularga tashkilot manfaatlarida muayyan harakatlarni amalga oshirishga (direktor yoʻqligida hujjatlarni imzolash, sudda manfaatlarini himoya qilish va h.k.) vakolat beradi. Biroq xodim harakatlari yoki harakatsizligi bilan oʻzining insofli ekanligiga shubha uygʻotadigan vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. Bunday holda qanday qilib xodimning vakolatini toʻxtatish va ishonchnomani chaqirib olish mumkin?
Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan yurist Aslan RAJABBEKOV javob berdi:
– “Ishonchnoma bergan shaxs istagan vaqtida ishonchnomani uning muddati tugagunga qadar bekor qilishga (uning amal qilishini toʻxtatishga) haqli
. Buning uchun tashkilot rahbari uni bekor qilish haqida buyruq chiqaradi.
Buyruqda ishonchnoma bekor qilinadigan kunni koʻrsating.
Ishonchnoma bergan shaxs salbiy oqibatlarning oldini olish uchun uning bekor boʻlganligi haqida uchinchi shaxslarni ham xabardor qilishi shart
.
Ishonchnoma berilgan shaxsni uning bekor qilinganligi haqida imzo qoʻydirib xabardor qilish tavsiya qilinadi. Agar bunday qilinmasa, xodimning uchinchi shaxslarga nisbatan qilgan harakatlari ishonchnoma bergan tashkilot va uning huquqiy vorislari uchun oʻz kuchini saqlab qoladi. Va uning uchun huquq va majburiyatlarini yuzaga keltiradi.
Shunisi e’tiborga molikki, yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga beriladigan ishonchnomalarni notarial tarzda tasdiqlash talab etilmaydi
. Biroq, agar ishonchnoma notarial shaklni talab qiluvchi bitimlarni tuzish yoxud yuridik shaxslarga nisbatan harakatlarni amalga oshirish uchun berilsa, u notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak
”.
![]()