Buzilgan mahsulotni hisobdan chiqarishdagi soliq oqibatlari

preview

Korxona - QQS va foyda soligʻi toʻlovchisi hisoblanadi. Korxona omboridagi tayyor mahsulotlarning bir qismi yaroqsiz holga kelgan. Uni hisobdan chiqarishni qanday rasmiylashtirish va tugatishda qanday soliq oqibatlari yuzaga kelishini “Norma” eksperti Irina AXMETOVA tushuntirdi:

 

– Yaroqsiz holga kelgan tayyor mahsulotning qiymati balansdan hisobdan chiqariladi .

Agar siz boyliklarni ishdan chiqarish holatini aniqlagan boʻlsangiz, majburiy inventarizatsiyani oʻtkazing . Uning natijalariga binoan inventarizatsiya komissiyasi inventarizatsiya roʻyxatini tuzadi, korxonaning texnik boʻlimi yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotning (sifat inspeksiyasi va hokazo) boyliklarni ishdan chiqarish holati toʻgʻrisida xulosasini oladi, aybdorlarni aniqlaydi va hisobdan chiqarish dalolatnomasini rasmiylashtiradi.

Korxonaning hisob siyosatida reglamentni belgilash va shunga oʻxshash hollar yuzaga kelganda rasmiylashtiriladigan hujjatlar shakllarini tasdiqlashni tavsiya qilamiz.

Tayyor mahsulotlarning buzilishidan koʻrilgan zararlar korxonaning boshqa operatsion xarajatlariga kiritiladi (9430-schyot).

 

Soliq oqibatlari

Ishdan chiqishi natijasida mahsulotlarni hisobdan chiqarish realizatsiya qilish boʻyicha aylanma hisoblanmaydi, shu bois hisobdan chiqarish chogʻida QQS hisoblanmaydi.

Ilgari hisobga olingan va yaroqsiz holga kelgan tayyor mahsulotlar qiymatiga toʻgʻri keladigan QQSga tuzatish kiriting , agar:

  • yoʻqotishlar belgilangan tabiiy kamayish normalaridan ortiqcha boʻlsa;
  • mahsulotlarning buzilishi favqulodda holatlarga (tabiiy ofat, yongʻin, avariya, YTH va boshqa shu kabi holatlar) bogʻliq boʻlmasa.

Mazkur vaziyatda QQSni hisobga olishga tuzatish kiritgan holda bunday mahsulotlar tannarxiga kiritilgan tuzatishlarni amalga oshirishdan oldingi oxirgi 12 oy ichida olingan tovarlar va xizmatlarni hisobga oling .

Tuzatish kiritish summasini aniqlagan holda siz tomondan qoʻllaniladigan hisobga olish usulini - alohida-alohida usul yoki mutanosib usulni tanlang.

QQSni hisobga olishga tuzatish kiritish summasini QQS hisob-kitobiga 3-ilovaning 0602-satrida aks ettiring.

Foyda soligʻi hisob-kitobida normalardan ortiqcha tayyor mahsulotlarning yoʻqolishi chegirib tashlanmaydigan xarajatlarga kiradi .

QQS boʻyicha tuzatish kiritish summasini mazkur holda siz chegirib tashlanadigan xarajatlarga kiritishga haqlisiz .

 

 

QQS: soliq hisobi — maslahatlar QQS QQS (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text182304_buzilgan_mahsulotni_hisobdan_chiqarishdagi_soliq_oqibatlari