9 oyni xatolarsiz yopamiz:
“Korxona oʻzi bilan mehnatga oid munosabatlarda boʻlmagan jismoniy shaxs uchun JShDS toʻlashi mumkinmi? Bu JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha hisobotda qanday aks ettiriladi?”.
Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan DSQ Soliq nazorati metodologiyasi va sifatini baholash boshqarmasi boshligʻi Aziz HOShIMOV javob berdi:
– Toʻlov manbaida JShDSni hisoblab chiqarish, ushlab qolish va toʻlash majburiyati yuridik shaxslar zimmasiga yuklatiladi.
Toʻlov manbaida JShDS solinadigan daromadlar jumlasiga jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari kiradi
:
- mehnatga haq toʻlash tarzidagi;
- moddiy naf tarzidagi;
- mulkiy;
- boshqa.
Oʻzi bilan mehnatga oid munosabatlarda boʻlmagan jismoniy shaxsga moddiy naf tarzidagi daromad toʻlaydigan soliq agenti jismoniy shaxsning yozma arizasi asosida JShDS ushlab qolmaslikka haqli. Bunda jismoniy shaxs soliqni yil yakunlari boʻyicha yillik jami daromad toʻgʻrisida deklaratsiya asosida mustaqil ravishda toʻlashi shart
.
Misol uchun, agar korxona jismoniy shaxslarga qimmatbaho sovgʻalar berish va oʻz hisobidan JShDS toʻlashga qaror qilsa, u jismoniy shaxslarning JShDS toʻlash boʻyicha qarzini oʻz mablagʻlari hisobidan hisobdan chiqaradi
. Bunda korxona tomonidan jismoniy shaxs uchun soliqning toʻlanishi jismoniy shaxs uchun moddiy naf tarzidagi daromad hisoblanadi
. Binobarin, qoʻshimcha daromad hisoblash zarur.
- Daromad:
5 000 000 : (100% – 12%) = 5 681 818,18 soʻm;
- Toʻlanadigan JShDS:
5 681 818,18 x 12% – 681 818,18 soʻm.
Sovgʻalar qiymati mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga kirmaydi, shu bois ijtimoiy soliq solinmaydi
.
Mazkur xarajat korxona - foyda soligʻi toʻlovchisi uchun chegirib tashlanmaydigan xarajat hisoblanadi
.
Soliq hisobotida bu daromadni quyidagicha aks ettiring:
- JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobida – Hisob-kitobga 6-ilovada va shu Hisob-kitobning 012-satrida. Sizga moddiy naf tarzidagi daromad olgan jismoniy shaxsning JShShIRi talab qilinadi.
Moddiy naf tarzidagi daromadlarni Hisob-kitobning 011 va 0110-satrlarida koʻrsatmang, chunki ular mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga kirmaydi
.
- Foyda soligʻi hisob-kitobida – Hisob-kitobga 2-ilovaning 0119-satri 3 va 4-ustunlarida.
![]()