Chet ellik mutaxassislar masofadan turib ishlaganda nimalarni inobatga olish zarur

preview

Masofadan turib ishlaydigan va maosh oladigan chet ellik mutaxassisni tashkilotga ishga qabul qilmoqdalar.

«Profi Training» biznes-treneri Yuliya PAKIDIShEVA (ACCA DipIFR, CAP) rasmiylashtirish variantiga (mehnat shartnomasi yoki FHSh) qarab barchasini qanday toʻgʻri rasmiylashtirish, buning soliq oqibatlari qanday boʻlishi haqida maxsus buxgalter.uz uchun tushuntirish berdi:

 

– Chet ellik jismoniy shaxs Oʻzbekiston yuridik shaxslari bilan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzib, ular uchun ishlar va xizmatlarni masofadan turib bajarishi mumkin. Ikkala variantni koʻrib chiqamiz.

 

1. Mehnat shartnomasi tuzilgan boʻlsa

Chet el fuqarolari bilan mehnat munosabatlari Mehnat kodeksi va 20.10.2020 yildagi 642-son OʻRQ bilan tartibga solinadi.

Xorijda turib masofaviy shaklda, mehnat shartnomasi boʻyicha ishlovchi xodim Oʻzbekistonda mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini tasdiqlashi kerak emas .

Chet ellik xodim analogik sharoitlarda ishlovchi Oʻzbekiston fuqarolari kabi imtiyozlar, huquqlar va majburiyatlarga ega  .

Chet ellik xodimni shtatga qabul qilayotganda unga my.mehnat.uz tizimida mehnat daftarchasini oching . Xodimning korxonadagi barcha lavozim oʻzgarishlari mehnatni hisobga olish tizimida aks ettirilishi kerak.

E’tibor bering

Chet el fuqarosi JShShIRni Davlat xizmatlari markazi yoki IIBning migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi orqali olishi lozim.

Buning uchun quyidagilar talab etiladi:

  • pasportning skanerlangan nusxasi;
  • elektron koʻrinishdagi oq fondagi fotosurat;
  • ishonchnoma (chet el fuqarosi uchun JShShIRni vakil olganda).

Xodim bilan tuziladigan mehnat shartnomasida ish, dam olish vaqti, mehnat ta’tilini berish va mehnatning boshqa shartlari, shu jumladan alohida shartlarni qayd eting . Masofadan turib ishlashiga qaramay, unga nisbatan ish beruvchining ish rejimida nazarda tutilgan barcha majburiyatlar tatbiq etiladi.

Xodim va ish beruvchi turli mintaqalarda boʻlsa, ish beruvchida bunday xodimning ish vaqtini nazorat qilish bilan bogʻliq muammolar yuzaga kelishi mumkin. Shu sababli ish beruvchi ishlangan soatlarga emas, balki xodimning korxona faoliyatiga qoʻshgan hissasi natijalariga bevosita bogʻliq boʻlgan mehnatga haq toʻlash tizimini tanlagani ma’qul:

  • ishbay toʻlov tizimi;
  • tarifsiz tizim;
  • oʻzgaruvchi maosh tizimi.

Ish haqini hisoblash uchun birlamchi sanaladigan ichki hujjatni ishlab chiqing. Bunga hisobga olish dasturida (1S, 1UZ va h.k.) nazarda tutilgan ish vaqti hisobini yuritish tabeli toʻgʻri kelmaydi.

E’tibor bering

Ish haqining chet el valyutasida toʻlanishi Oʻzbekiston hududida ruxsat etilgan hisob-kitoblar sirasiga kirmaydi  . Quyidagilarning mehnatiga haq toʻlash bundan mustasno:

  • tuzilgan shartnomalar doirasida «LG CNS Uzbekistan» QKga ishga jalb etilgan chet el fuqarolari ;
  • Islom Karimov nomidagi TDTU huzuridagi Oʻzbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazining chet ellik xodimlari .

Ish haqini xodimning plastik kartasiga oʻtkazing. Xodim uni olganda mustaqil ravishda oʻziga zarur valyutaga ayirboshlab oladi.

Korxona lokal hujjatlarga muvofiq xodimlarga mukofotlar, bonuslar va boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlarni toʻlashi mumkin. Chet ellik xodimga ham ta’til puli, tungi soatlarda va dam olish kunlari, ishdan tashqari vaqtda ishlagani uchun toʻlovlar hisoblanadi va toʻlanadi. Toʻlovlar korxonaning birlamchi hisob hujjatlari bilan tasdiqlanishi kerak.

Korxona chet el fuqarosining homiladorlik va tugʻish nafaqalarini hisoblash va toʻlash yoki vaqtincha mehnatga layoqatsizligi uchun haq toʻlash maqsadida boshqa davlatda yozib berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalarini asos qilib ololmaydi. Biroq, xodim boshqa davlatda boʻlgan paytida kasal boʻlib qolsa, ish beruvchi uning davolanish, dori-darmon haqini qoplashi – moliyaviy yoki moddiy yordam koʻrsatishi mumkin. Bunday toʻlovlar tizimini korxonaning lokal hujjatlarida qayd etib, xodimni ular bilan tanishtiring.

 

Soliq solish

Ish beruvchi korxona soliq agenti sifatida soliq bazasidan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda xodimning JShDSni hisoblab chiqarishi, ushlab qolishi va byudjetga oʻtkazishi kerak . Rezidentlar va norezidentlar uchun JShDS stavkasi 12%ni tashkil etadi  . Jismoniy shaxslar – yuqori malakali mutaxassislar uchun 2023 yil 1 yanvargacha belgilangan stavkaning 50%i miqdorida JShDSning imtiyozli stavkasi – 6% amal qiladi .

Xodim Oʻzbekistonda boʻlmay, masofadan turib ishlashi bois joriy soliq davrida rezidentga aylanmasligi mumkin. Bu holda uning daromadlariga u rezidenti boʻlgan davlat bilan Oʻzbekistonning xalqaro shartnomalarini hisobga olgan holda soliq solinadi .

Toʻlov manbaida JShDSni ushlab qolmasdan yoki pasaytirilgan soliq stavkasini qoʻllagan holda daromad toʻlash mumkin. Buning uchun xodim soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjatni kompaniyaga taqdim etishi kerak. Bunday hujjatga qoʻyiladigan talablar SK 358-moddasida belgilangan.

 

2. Chet ellik mutaxassis FHSh boʻyicha ishlayotgan boʻlsa

Bu holda u bilan buyurtmachi korxona oʻrtasidagi munosabatlar Fuqarolik kodeksi bilan tartibga solinadi. Bunda chet el fuqarosi oʻzini oʻzi band qilgan yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtishi kerak emas.

Korxona FHSh boʻyicha xodimga mehnat daftarchasini ochmaydi, shartnomada belgilangan haq summasidan tashqari boshqa daromadlar yoki toʻlovlar boʻyicha hech qanday majburiyatlarni zimmasiga olmaydi, xodimning ish rejimini nazorat qilmaydi. Chet ellik mutaxassis soliq hisobotini topshirish uchun JShShIR olishi kerak.

Bunday ijrochining xizmatlari bir martalik tusga ega boʻlishi kerak. FHSh uzoq muddatga tuzilsa, mazkur chet el fuqarosi uchun ruxsatnoma olish zarur.

 

Koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq shartnomada koʻrsatilishi va chet el valyutasida toʻlanishi mumkin.

Agar bu shartnomada nazarda tutilmagan boʻlsa, buyurtmachi har oy haq toʻlash majburiyatiga ega boʻlmaydi. FHSh boʻyicha ijrochiga toʻlanadigan barcha toʻlovlar ikkala taraf imzolagan bajarilgan ishlar dalolatnomasi bilan tasdiqlanishi kerak. Hujjatlar elektron koʻrinishda rasmiylashtirilishi va istalgan messenjerlar, elektron pochta orqali yuborilishi mumkin.

Buyurtmachi koʻrsatilgan xizmatlardan qoniqmasa, ijrochi nuqsonlarni bartaraf etmaguncha haq toʻlanmaydi.

Shartnoma valyutada tuzilgan boʻlsa, uni TSOYaEATda roʻyxatdan oʻtkazish lozim. Bajarilgan ishlar dalolatnomasi ham ishlar bajarilishiga, xizmatlar koʻrsatilishiga qarab, shartnomada belgilangan ishlar, bajarish muddatlari va summalarni «yopib» roʻyxatdan oʻtkaziladi.

 

Soliq solish

JShDS solish maqsadida FHSh boʻyicha toʻlov mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga tenglashtiriladi . Buyurtmachi haq summasidan ijtimoiy soliq toʻlaydi , toʻlov manbaida JShDS hisoblab chiqaradi, ushlab qoladi va byudjetga oʻtkazadi.

Bu holda ham ikkiyoqlama soliq solishning oldini olish toʻgʻrisidagi xalqaro shartnoma boʻyicha preferensiyadan foydalanish – soliqni pasaytirilgan stavkada ushlab qolish yoki toʻlovlarga Oʻzbekistonda soliq solmaslik mumkin. Ijrochi ham soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjatni buyurtmachiga taqdim etishi kerak. Unga qoʻyiladigan talablar SK 358-moddasida belgilangan.

E’tibor bering

FHSh boʻyicha bajarilgan ishlar uchun QQS hisoblanmaydi.

SKda chet ellik jismoniy shaxslar kirmaydigan QQS toʻlovchilarning yopiq roʻyxati belgilangan . Binobarin, chet ellik jismoniy shaxsdan xizmatlarni oluvchi QQS boʻyicha soliq agenti deb tan olinmaydi.

 

Shartnomalarning turlari boʻyicha soliq solish jadvali:

T/r

Shartnomaning turi

JShDS

ShJBPH

Sotsialniy nalog

NDS

1

Mehnat shartnomasi

 

 

 

 

 

Yuqori malakali mutaxassis

6%

Yoʻq (xohishga koʻra)

12%

Net

 

Oddiy mutaxassis

12%

Yoʻq (xohishga koʻra)

12%

Net

2

FHSh

12%

Yoʻq

12%

Net

 

 

JShDS va ijtimoiy soliq — maslahatlar JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text185118_chet_ellik_mutahassislar_masofadan_turib_ishlaganda_nimalarni_inobatga_olish_zarur