Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Ijaraga olingan binoni ta’mirlash sarf-xarajatlarini bir necha yilga «choʻzish» mumkinmi
«Kompaniya yangi xaridorlarni jalb etish va daromadni oshirish uchun ijaraga olingan binoda yangi savdo shoxobchasini ochmoqchi. Biroq, ob’yektning oʻz maqsadini koʻzlab qayta loyihalashtirilishi salmoqli moliyaviy sarf-xarajatlarni talab qilishi hozirdanoq ma’lum. Ijaraga olingan binoni ta’mirlash va qayta loyihalashtirishga sarf-xarajatlarni bir marta emas, balki 3–5 yil davomida xarajatlarga hisobdan chiqarish mumkinmi?».
Ushbu savolga «Norma» eksperti Tatyana LIMAREVA javob berdi:
– Ishlab chiqarishga oid asosiy vositalarni barcha turdagi ta’mirlash (joriy, oʻrtacha yoki kapital), shuningdek ishchi holatda tutib turish (texnik koʻrikdan oʻtkazish, qarash) sarf-xarajatlari
:
- ular yuzaga kelgan hisobot davrida xarajatlar sifatida e’tirof etiladi;
- ijara ob’yekti qiymatini oshirmaydi (kapitallashtirilmaydi).
Kelgusida qoʻshimcha iqtisodiy naf olishga olib keladigan sarf-xarajatlargina kapitallashtiriladi
:
- unumdorlikni, foydali tarzda foydalanish muddatlarini, asbob-uskunalar quvvatini va ishlab chiqariladigan mahsulotlarning hajmlarini oshiradi;
- ishlab chiqarish sarf-xarajatlarini qisqartirish imkonini beradi va h.k.
Ya’ni AVning texnologik yoki xizmat maqsadini oʻzgartirish, yuklamalarni oshirish va boshqa sifat oʻzgarishlari uchun qoʻshimcha qurish, qoʻshimcha asbob-uskunalar oʻrnatish va modernizatsiya qilish sarf-xarajatlari kapitallashtiriladi. Shuningdek rekonstruksiya qilish (mahsulotlar, ishlar, xizmatlar sifatini yaxshilashga va nomenklaturasini oʻzgartirishga yoʻnaltirilgan qayta qurish) sarf-xarajatlari.
Texnik qayta qurollantirish ma’nan va jismonan eskirgan AV yoki ularning qismlarini yangi, yanada unumdorlariga almashtirishni nazarda tutadi
.
Qoʻshimcha qurish va rekonstruksiya qilish uchun loyiha-smeta hujjatlari ham zarurligini eslatib oʻtamiz. Qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan binolar (inshootlar) foydalanishga qabul qilish tartib-taomilidan oʻtishi kerak
.
6-son BHMSning 52-b. ham xuddi shunday normalar mavjud. Xususan:
- ijarachining operativ ijara ob’yektini yaxshilash (obodonlashtirish, qoʻshimcha qurish, qoʻshimcha asbob-uskunalar oʻrnatish, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish, texnik qayta qurollantirish va h.k.) sarf-xarajatlari operativ ijara ob’yekti qiymatini koʻpaytiruvchi kapital quyilmalar sifatida aks ettiriladi.
Koʻrib chiqilayotgan holatda:
1) savdo pavilonini ta’mirlash qoʻshimcha qurish va rekonstruksiya qilishni nazarda tutmasa (masalan, savdo zalini qimmatbaho vizual pardozlash bilan cheklansangiz) – ushbu sarf-xarajatlarni kapitallashtira olmaysiz.
Bu holda ularni ular yuzaga kelgan hisobot davrida joriy sarf-xarajatlar sifatida aks ettiring (Dt 2010 «Asosiy ishlab chiqarish», Dt 9410 «Sotish xarajatlari» hisobvaraqlaridan foydalangan holda).
Ijara ob’yektining hisobini balansdan tashqari 001 «Operativ ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar» hisobvaragʻida yuritasiz
;
2) savdo pavilonini rekonstruksiya qilsangiz (muhandislik kommunikatsiyalarini almashtirsangiz yoki qayta rejalashtirsangiz, bino poli darajasini yoki konfiguratsiyasini oʻzgartirsangiz, savdo pavilonida, misol uchun, pishiriq pishirish uchun pechlarni yoxud sotilayotgan kir yuvish yoki idish yuvish mashinalari ishlashini tekshirish uchun koʻrgazmali stendlarni qursangiz va h.k.), bunday sarf-xarajatlarni aks ettirish uchun 0800 «Kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar» hisobvaragʻidan foydalanish mumkin.
Bu yerda bu haqda batafsil oʻqing:
- Ijarachi soliq solish maqsadida kapital qoʻyilmalarni qanday hisobga oladi;
- Asosiy vositalarga kapital qoʻyilmalar qanday hisobga olinadi;
- Asosiy vositalarni ta’mirlash qanday hisobga olinadi.
Bunda ham foyda soligʻini hisoblash chogʻida ularni chegirish imkoniyati nuqtai nazaridan ijarachi uchun bunday xarajatlarning iqtisodiy jihatdan asoslangani haqida oʻylab koʻrish lozim.
Masalan, sotilayotgan tovar oʻziga xos xususiyatlarga ega ekanligi sababli qayta qurish talab etilmoqda, bu uning but saqlanishini va oʻz koʻrinishini yoʻqotmasligini ta’minlash, funksiyalarni koʻrgazmali namoyish etish imkonini beradi deya sanab, bunday ta’mirlash iqtisodiy jihatdan asoslangan va soliq toʻlovchining faoliyati bilan bogʻliq deb taxmin qilish mumkin. Binoning holati mijozda tashkilot haqida umumiy taassurotni ham shakllantirib, tovarni aynan shu tashkilotdan xarid qilish haqida qaror qabul qilishida rol oʻynashi mumkin. Bularning barini rasmiylashtirish zarur. Masalan, – marketing tadqiqotlaridan kelib chiqib dastlabki xarajatlar smetasini tuzish va h.k.
Ta’mirlashga salmoqli sarf-xarajat qilgach, 2022 yil yakunlariga koʻra zarar koʻrsangiz
, foyda soligʻini hisoblash maqsadida uni keyingi soliq davrlariga oʻtkazishingiz mumkin
. Bu yerda bu haqda batafsil oʻqing:
Yana bir muhim jihat – ijaraga olingan mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq ushbu mol-mulkni yaxshilash boʻyicha shartnomada kelishilgan ijaraga oluvchining muayyan sarf-xarajatlarini oʻz ichiga olishi mumkin
.
Operativ ijara ob’yekti ijaraga beruvchining ruxsati bilan yaxshilangan boʻlsa, operativ ijara shartnomasining amal qilish muddati tugagandan soʻng yoki u bekor qilingach, ijarachi ana shu maqsadda sarflagan barcha sarf-xarajatlarining qoplanishini talab qilish huquqiga ega.
Ijaraga beruvchining ruxsatisiz amalga oshirilgan yaxshilashga sarf-xarajatlar va ularni operativ ijara ob’yektiga zarar yetkazmagan holda ajratib olish imkoni boʻlmasa, operativ ijara shartnomasining amal qilish muddati tugagach yoki u bekor qilingach, agar operativ ijara shartnomasida oʻzgacha shartlar koʻzda tutilmagan boʻlsa, ijaraga beruvchiga tekinga oʻtadi. Biroq, ularni operativ ijara ob’yektiga zarar yetkazmagan holda ajratib olish mumkin boʻlsa va ijaraga beruvchi ularning qiymatini qoplashga rozi boʻlmasa, ijarachi ularni ajratib olishi mumkin
.
Ya’ni ijara shartnomasi shartlariga qarab ta’mirlash va qayta rejalashtirishga sarf-xarajatlaringizni qoplash masalasini hal qilishingiz mumkin.
![]()