Tovar almashtirishni qanday qilib onlayn-NKT orqali oʻtkazish mumkin

preview

“Xaridorning talabiga binoan yaroqsiz tovarni almashtirish amalga oshirildi. 

Ushbu tartib-taomilni onlayn-NKM orqali qanday toʻgʻri oʻtkazish kerak? Qaytarish cheki rasmiylashtirilib, tovar yangisiga almashtirilganidan soʻng, хaridorga yaroqsiz tovar oʻrniga berilgan tovarga sotish chekini urish kerakmi?”

Savolning yechimini buxgalter.uz iltimosiga binoan “GAROV TARAQQIYOT NKM” MChJ ta’sischisi Vladimir GIBEL aytib berdi.

 

Amaliyotchi mutaхassislarning tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Yaroqsiz tovarni almashtirish kassada ikkita mustaqil operatsiya sifatida rasmiylashtiriladi:

1. Yaroqsiz tovar qiymatiga qaytarish cheki uriladi;

2. Yaroqsiz tovar oʻrniga хaridorga berilgan tovar qiymatiga sotish cheki uriladi.

Nafaqat sifatsiz tovar almashtirilganda, balki хaridor bitta sifatli tovarni boshqasiga (masalan, ashyoning oʻlchami toʻgʻri kelmagan vaziyatda) almashtirganida ham shunday harakat qilish kerak.

Ikkala chek: qaytarish va sotish cheklari – soliq solish bazasini toʻgʻri shakllantirish uchun kerak. Bu ayniqsa qaytarilgan tovarning qiymati uning oʻrniga berilgan tovarning qiymatidan farq qilganda muhimdir.

Qaytarish cheki sotuvchi:

  • tovar ta’mirlanmaydigan va sotib boʻlmaydigan nuqson bilan qaytarilganda – tovarni hisobdan chiqara olishi uchun;

yoki

  • agar хaridorga bitta sifatli tovar boshqasiga almashtirib berilgan boʻlsa – keyinchalik realizatsiya qilish uchun tovarni kirim qila olishi uchun rasmiylashtiriladi.

Sotish cheki tovar (хaridorga qaytarilgan tovar oʻrniga berilgan) sotuvini hisobga olish uchun rasmiylashtiriladi. Sotish cheki хaridorga tovar sifatiga nisbatan e’tirozlar yuzaga kelgan taqdirda uni taqdim etish va Soliq mobil ilovasida keshbek olish uchun kerak.

Ikkala chek “Asl belgisi” tizimida tovarlarni toʻgʻri aks ettirish uchun ham muhimdir. Gap ularga nisbatan tovarni kuzatib borish qoidalari kuchga kirgan majburiy raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan tovarlar haqida bormoqda (tamaki, alkogol mahsulotlari, maishiy teхnikaning ayrim turlari). Markirovkalangan tovarning har   birligi noyobdir. “Asl belgisi” tizimi toʻgʻri ishlashi uchun qaytarish chekini rasmiylashtirish chogʻida qaytarilayotgan tovardagi raqamli markirovkalash kodini skanerlash lozim. Xaridorga tovarning oʻrniga berilayotgan tovarga sotish chekini rasmiylashtirish chogʻida esa – shu  mahsulotdagi raqamli markirovkalash kodini skanerlash kerak.

 

 

Oleg GAYeVOY tayyorladi

 

 


Onlayn-NKT Onlayn-NKT Onlayn-NKT /oz/publish/doc/text192664_tovar_almashtirishni_qanday_qilib_onlayn-nkt_orqali_utkazish_mumkin