Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Quyosh panellarini oʻrnatgan kompaniyalar qanday imtiyozlardan foydalanishi mumkin
“Kompaniyamiz quyosh fotoelektr stansiyasini oʻrnatishni rejalashtirmoqda. “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonun va 16.02.2023 yildagi PQ-57-son qaror bilan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilar uchun imtiyozlar berilgan.
Qonun va qarorda qanday imtiyozlar haqida gap bormoqda? Biz, oʻz tomimizda quyosh stansiyasini oʻrnatgan yuridik shaхs sifatida, ushbu imtiyozdan foydalanishimiz mumkinmi?”
Buxgalter.uz Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVAdan savolga javob berishini iltimos qildi:
Asosiy tushunchalar
- Qayta tiklanuvchi energiya manbalari – atrof-muhitda tabiiy holda qayta tiklanuvchi quyosh, shamol energiyasi, yer harorati (geotermal), suv oqimlarining tabiiy harakati, biomassa energiyasi
. - Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilar – qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaхslar
. - Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalari - qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqarish, energiyani qabul qilib olish, oʻzgartirish, toʻplash va (yoki) uzatish, shuningdek hisobga olish boʻyicha teхnologik asbob-uskunalar majmuasi, teхnologik va (yoki) butlovchi asbob-uskunalar
.
Kompaniya quvvati 0,1 mVt va undan ortiq boʻlgan energiya qurilmalarini oʻrnatgan boʻlsa
Mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyoz
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilar nominal quvvati 100 kVt (0,1 mVt) va undan ortiq boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatganlik uchun mol-mulk soligʻini toʻlashdan ular foydalanishga topshirilgan paytdan e’tiboran 10 yil muddatga ozod etiladi
.
Ushbu moddaning dispozitsiyasi soliq toʻlovchi ushbu holatda mol-mulk soligʻidan ozod qilinadi, deb tasdiqlash imkonini beradi. Ammo, qonunda keltirib oʻtilgan “qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalari” tushunchasidan kelib chiqqan holda, ushbu qurilmalarni foydalanishga kiritish energiya ishlab chiqarish, qabul qilib olish, oʻzgartirish, toʻplash va (yoki) uzatish, shuningdek ishlab chiqarilayotgan energiyani hisobga olishni koʻzda tutadi. Ya’ni quyosh panelini oʻz ehtiyojlari uchun oddiy oʻrnatish sizni koʻrsatilgan energiyaning ishlab chiqaruvchisiga aylantirmaydi.
Yer soligʻi boʻyicha imtiyoz
Qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqaruvchilar qayta tiklanadigan energiya manbalari (nominal quvvati 0,1 MVt va koʻproq) uskunalari egallagan yer uchastkalari boʻyicha ular ishga tushirilgan paytdan e’tiboran 10 yil muddatga yer soligʻidan ozod etiladi
.
Shuni qayd etamizki, bunday quvvatga ega qurilmalarning oʻlchamlari ancha katta va ogʻir hamda ularni bino va inshootlar tomlariga oʻrnatishning ehtimoli juda kam.
Ekspertning fikriga koʻra, agar bunday qurilma binoga (inshootga) oʻrnatilgan boʻlsa, yer bino (inshoot) tomonidan egallangan boʻladi va ushbu imtiyoz qoʻllanilmaydi. Bundan bino yoki inshoot bunday tushunchaga muvofiq qurilmaning bir qismi boʻlgan hollar mustasno
.
Agar kompaniya quvvati 0,1 mVtdan kam boʻlgan energiya qurilmalarini oʻrnatgan boʻlsa
Mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha imtiyozlar
Prezidentning 16.02.2023 yildagi PQ-57-son qarori bilan umumiy quvvati 100 kVtgacha boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatgan va ulardan foydalanuvchi shaхslar, ular foydalanishga topshirilgan kundan e’tiboran 3 yil muddatga, quyidagi soliqlarni toʻlashdan ozod etiladi
:
- ushbu qurilmalar boʻyicha – yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni;
- alohida turuvchi qurilmalar bilan band boʻlgan yer uchastkalari boʻyicha – yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻini.
Soliq imtiyozlari Soliq kodeksi yoki Oʻzbekiston Prezidentining qarorlari bilan faqat belgilangan soliq stavkasini kamaytirish, lekin koʻpi bilan 50 foizga kamaytirish tarzida va koʻpi bilan 3 yil muddatga berilishi mumkin
. Yuridik shaхslar uchun ushbu imtiyozlar Soliq kodeksida aks ettirilmagan, shu bois ularni faqat soliq organi tomonidan ma’qullangan taqdirda qoʻllash mumkin.
Foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga asoslangan generatsiya ob’yektlarining “yashil energiya” sertifikatlari savdosidan tushgan daromadlari daromad sifatida hisobga olinmaydi
.
Elektr energiyasini umumiy tarmoqqa realizatsiya qilish uchun siz “yashil energiya” sertifikatlari tizimi ishtirokchisiga aylanishingiz lozim
.
Umumiy quvvati 100 kVtgacha boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatgan va ulardan foydalanuvchi shaхslar, ular foydalanishga topshirilgan kundan e’tiboran 3 yil muddatga foyda soligʻini toʻlashdan ozod etiladi
. Ushbu norma ham Soliq kodeksida aks ettirilmagan, shu bois uni faqat Soliq qoʻmitasi reyestrida tegishli ID-raqami mavjud boʻlgan taqdirda qoʻllash mumkin.
![]()