9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Soliqchilar tadbirkorlarni yangi xodimlarni ishga qabul qilishga koʻndirishga harakat qilishmoqda. Hukumat qarorlarida nazarda tutilgan turli imtiyozlar va preferensiyalar bilan qiziqtirishga urinishmoqda. Ammo preferensiya olish ilinjida xodimni qabul qilish – eng oqilona qaror emas.
Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA tushuntirdi:
Har kuni buxgalteriya hisobi, soliqlar va hisobotlar toʻgʻrisida bilish uchun bizning telegram-kanalimizga obuna boʻling.
– Soliqchilar haqiqatan tadbirkorlarni yangi xodimlarni ishga qabul qilishga koʻndirishga harakat qilishmoqda. Buni koʻproq telefon orqali norasmiy suhbatlarda amalga oshirishmoqda. Buxgalterlarning professional guruhlaridagi xabarlarga koʻra ba’zilar buni alohida qat’iyatlik bilan soʻrashmoqda. Ammo yangi kadrlarni yollash masalasida yakuniy qaror – tadbirkor tomonidan qabul qilinadi. Agar sizda kadrlarga ehtiyoj boʻlmasa, hech kim sizni insonni ishga qabul qilishga yoki shtat jadvalini kengaytirishga majburlashga haqli emas. Menga bir necha nafar tadbirkorlar shunday masala bilan murojaat qilishdi va men uni ancha batafsil oʻrganib chiqdim.
Soliqchilar bunday suhbatlarda koʻproq havola beradigan dalillar va normativ-huquqiy hujjatlarni koʻrib chiqamiz.
Yangi xodimlarni yollash reytingingizni oshiradi
Tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingi tadbirkorlarni “MHEKMdan ortiq ish haqi toʻlanayotgan xodimlar sonining koʻpayishi (yangi kompaniyalar uchun dinamika ikkinchi oydan boshlab oʻtgan oyga nisbatan solishtiriladi)” mezoni boʻyicha baholaydi. Ushbu mezonga muvofiq keladiganlar uchun qoʻshimcha ballar nazarda tutilgan
.
Hech qayerda xodimlar sonini majburiy tartibda koʻpaytirish kerak deyilmagan. Agar zaruriyat boʻlsa – xodimlar sonini koʻpaytirasiz, zaruriyat boʻlmasa – shunday ishlashda davom etaverasiz. Ha, yangi xodimlarni qabul qilish sizni reytingning yuqori baholariga ega boʻlganlar oladigan imtiyozlarga yaqinlashtiradi. Ammo, agar sizga yangi xodimlar, ya’ni ballar “ishlab topish” mumkin boʻlgan boshqa mezonlar kerak boʻlmasa.
Bundan tashqari, korxonalar, misol uchun, toʻliqsiz stavka uchun MHEKMdan kam ish haqi toʻlashga haqli. Siz har doim soliqchilarga ularning xulosalariga nisbatan norozilik bildirishingiz va ular yuzasidan nizolashishingiz mumkin.
Quyidagilarni oʻqishni tavsiya qilamiz
Sizda 4 nafardan kam kishi ishlaydi, shu bois sizga tekshiruv bilan kelamiz
Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilarini soliq organlarida qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maxsus roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomda “xodimlari yoki yollanma ishchilari soni 4 kishidan kam boʻlganda” degan mezon mavjud. Ushbu mezonga muvofiq kelganlarni soliq xavfining oʻrta darajasiga ega soliq toʻlovchilar guruhiga kiritishadi
.
Adolat yuzasidan ta’kidlash lozimki, ushbu mezon hech qachon QQS toʻlovchisi guvohnomasini toʻxtatib turish uchun asos boʻlmagan. Qisqartirishgacha hamda undan keyin QQS guvohnomasini toʻxtatib turish uchun asos boʻlmagan. Hozir faqatgina amalga oshirilayotgan bitimlar, operatsiyalar xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar, xizmatlar nomenklaturasiga mos kelmaganligi holatlari aniqlangan taqdirda toʻxtatib turilishi mumkin
.
Soliq xavfi oʻrta boʻlgan soliq toʻlovchilar uchun soliq organidan tekshiruv bilan kelishlari ehtimoli katta
. Agar siz hech nimani yashirmasangiz va sizda haqiqatan 4 kishi ishlasa, mayli kelishsin, tekshirishsin – yashiradigan narsa yoʻq.
Subsiyadiya olish uchun sobiq migrantlarni yollang
2024 yil iyundan boshlab 2024 yil 1 iyundan 2026 yil 1 yanvarga qadar mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni ishga qabul qilgan tashkilotlarga subsiyadiya toʻlanadi
. Yana sobiq migrantlarni ishga yollash –ixtiyoriy ish. Tadbirkorlarni hech kim biznes uchun zarur malakaga ega xodimlarni ishga yollashni cheklamaydi.
Buxgalter.uz tavsiya qiladi
Oleg GAYeVOY tayyorladi
![]()