2024 yilda Prezident bilan ochiq muloqotda nimalar muhokama qilinadi

preview

2024 yil 20 avgust kuni Prezident an’anaviy tarzda ochiq muloqotda biznesga oid savollarga javob beradi. Savdo-sanoat palatasi murojaatlarni qabul qilishni boshladi. Ochiq muloqot – qonun chiqaruvchining e’tiborini dolzarb muammolarga jalb qilishning zoʻr imkoniyati. Shu jumladan korхonalar tekshiruvdan oldingi tahlil tizimining notoʻgʻri ishlayotganligi masalasini koʻtarishlari kutilmoqda.

 

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Ochiq muloqotga tayyorgarlik koʻrish uchun SSP tadbirkorlar murojaatlarini qabul qilish boʻyicha shtab ochdi. Quyidagi telefon raqamlari orqali yoki bevosita shtabga kelgan holda murojaat qilish mumkin:

  • Shtabning telefon raqami: 1094 yoki 1100;
  • Manzili: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 30.

Tadbir an’anaviy tarzda tadbirkorlarning katta e’tiborini jalb qiladi, sababi Prezident eng koʻp beriladigan muammoli masalalar boʻyicha qaror qabul qiladi. Oʻtgan yilgi ochiq muloqot yakunlari haqida bu yerda oʻqish mumkin.

Tadbirkorlar bu yil soliq ma’muriyatchiligi qismida eng koʻp muhokama qilinadigan muammolar jumlasida avtokameralni, yumshoq qilib aytganda, soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikdan “oʻzib ketuvchi” deb atashmoqda. Ehtimol, tadbirkorlarning muloqotda faol ishtirok etishi ushbu muammoni hal qilishi mumkin. Hech boʻlmaganda, uni toʻgʻri yoʻnalishga solishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, buxgalter.uz tekshiruvdan oldingi tahlil tizimi ishidagi хatolar va u bilan oʻzaro hamkorlik qilish qoidalari tahliliga koʻp materiallarni bagʻishlagan:

Saida Jonizoqova tayyorladi


Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text200896_2024_yilda_prezident_bilan_ochiq_muloqotda_nimalar_muhokama_qilinadi