Doimiy muassasa jismoniy shaxsdan texnikani ijaraga olsa

preview

«Oʻzbekistondagi chet el yuridik shaxsining doimiy muassasasi jismoniy shaxsdan texnikani (ekskavator) ijaraga olishi mumkinmi? Ijara shartnomasini rasmiylashtirish tartibi hamda biz va jismoniy shaxs uchun soliq oqibatlari qanday?»

Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga «Assistance In Tax» soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi:

Ekspertlarning muhim tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– 2022 yil 1 yanvardan boshlab yuridik shaxslar tomonidan koʻchmas mulkni ijaraga berish (olish) yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyish kerak . Bunda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan koʻchmas mulkni ijaraga berish yoki tekin foydalanish shartnomalarini DSXOning elektron tizimlarida hisobga qoʻyish masofadan turib faqat elektron shaklda amalga oshiriladi.

2022 yil 1 sentyabrdan boshlab «E-ijara» tizimida fuqarolar va yoʻlovchi tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar oʻrtasida tuziladigan transport vositasi ijarasi shartnomalari roʻyxatdan oʻtkaziladi .

Koʻchmas mulkka hamda yoʻlovchi tashish uchun moʻljallangan transport vositalariga taalluqli boʻlmagan ekskavator ijarasi shartnomasini «E-ijara» tizimida roʻyxatdan oʻtkazish kerak emas.

Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish chogʻida faqat yuridik shaxslar va YaTT xaridorlarga hisobvaraq-fakturalar taqdim etishi shart . Jismoniy shaxslar mol-mulkni ijaraga berishda EHF taqdim etmaydilar.

Jismoniy shaxsning texnikani ijaraga berishdan olgan daromadi – bu soliq agentida JShDS solinadigan mulkiy daromad  .

Jismoniy shaxsga daromad toʻlaydigan doimiy muassasa ham soliq agenti hisoblanadi .

Jismoniy shaxsdan koʻchmas mulk yoki transport vositasi ijaraga olingan holatda soliq agenti shartnomada kelishilgan ijara toʻlovini mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalari bilan solishtiradi va JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobiga 3-ilovani toʻldiradi.

Koʻrib chiqilayotgan holatda korxona jismoniy shaxsdan texnikani ijaraga olayotgani bois, ushbu ilova toʻldirilmaydi, soliq agenti Hisob-kitobga 5-ilovani toʻldiradi.

 

 

 

 

JShDS va ijtimoiy soliq — maslahatlar JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text202870_doimiy_muassasa_jismoniy_shahsdan_tehnikani_ijaraga_olsa