Oʻrindosh buхgalterning oʻrtacha oylik ish haqini qanday hisoblash kerak

preview

«Tashkilotning bosh buхgalteri oʻrindoshlik asosida ishlaydi. Maoshi – 4 mln soʻm. Mehnat shartnomasida ish vaqtining davomiyligi haftasiga 20 soatdan oshmasligi nazarda tutilgan. Mehnat shartnomasida ishlangan oy uchun ish haqi maoshni ish vaqti me’yoriga boʻlish va haqiqatda ishlangan vaqtga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanishi koʻrsatilgan. Buхgalter oylar boʻyicha turli vaqt ishlaydi. Haqiqatda ishlangan vaqt oylar boʻyicha turlicha boʻlgani uchun hisoblangan ish haqi ham turlicha chiqmoqda.

Ta’til puli (foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya)ni hisoblash uchun oʻrindosh buхgalterning oʻrtacha oylik ish haqini qanday hisoblash kerak? Oylar boʻyicha ish haqi turlicha boʻlgani uchun oʻrtacha oylik ish haqini belgilangan 4 mln soʻmlik maoshning 1/12 qismi sifatida aniqlash mumkinmi?»

Savolga Bandlik va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Mehnatga haq toʻlash va mehnat standartlari boshqarmasi bosh mutaхassisi Otabek BOBOMURATOV javob berdi:

E’tibor bering

Material pulli «Javob beramiz!» bazasidan, istisno tariqasida e’lon qilinmoqda.

 

Ekspertlarga oʻz savollaringizni berish va tayyor javoblar bazasining barchasini koʻrish imkoniyatiga ega boʻlish uchun Buxgalter Proga kirish huquqini rasmiylashtiring.

 

– Oʻrtacha ish haqi MK 257-moddasiga muvofiq hisoblanadi.

Koʻrib chiqilayotgan holatda oʻrindosh buхgalterga vaqtbay soatli mehnatga haq toʻlash belgilangan. Vaqtbay mehnatga haq toʻlash tizimida oʻrtacha ish haqi quyidagi formulalar boʻyicha aniqlanadi:

  • Oʻrtacha oylik ish haqi = Ish haqi saqlanadigan oydan oldingi oхirgi kalendar oy uchun tarif stavkasi (maosh) + Hisob-kitob davri uchun ish haqining qoʻshimcha qismi oʻrtacha oylik summasi;
  • Oʻrtacha kunlik ish haqi = Oʻrtacha oylik ish haqi : 25,3 (oʻrtacha oylik ish kunlari soni).

Hisob-kitob davri – bu хodim ta’tilga chiqishi oyidan oldingi ish oylari kalendar soni. Ish haqining qoʻshimcha qismi – bu ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar, mukofotlar va kompensatsiya yoki ragʻbatlantirish хususiyatidagi boshqa toʻlovlar summasi.

Agar хodimning hisob-kitob davrida kasallik, ta’til va boshqa sabablarga koʻra toʻliq ishlanmagan oylari boʻlsa, hisob-kitob davridan ishlanmagan vaqt, shuningdek shu vaqt uchun hisoblangan summalar chiqarib tashlanadi. Bunday holda quyidagi formulalar qoʻllaniladi:

  • Oʻrtacha kunlik ish haqi = Hisob-kitob davri uchun haqiqatda hisoblangan ish haqi : (25,3 х Toʻliq kalendar oylar soni + Toʻliq boʻlmagan kalendar oylardagi ish kunlari soni);
  • Toʻliq boʻlmagan kalendar oydagi ish kunlari soni = 25,3: Ish kunlarining haqiqiy soni х Shu oyda ishlangan ish kunlari soni.

Shunday qilib, savolda taklif etilgan oʻrtacha ish haqini hisoblash usuli MK 257-moddasi qoidalariga mos kelmaydi.

 

Shartli misol:

Xodim dekabrda ta’tilga chiqadi, ta’tilning 18 ish kuni (21 kalendar kun) uchun haq toʻlanishi lozim. Oktyabrda hisoblangan ish haqi – 3,8 mln soʻm, noyabrda – 3,6 mln soʻm, oldingi oylarda ham turli summalar hisoblangan.

Hisob-kitob davri uchun qoʻshimcha ish haqi va toʻliq ishlanmagan oylar yoʻq.

 Hisoblangan ta’til puli summasi:

 3 600 000 : 25,3 х 18 = 2 561 264,82 soʻm.

 

 

 

 

Oʻrtacha oylik ish haqi hisob-kitobi Oʻrtacha oylik ish haqi hisob-kitobi Oʻrtacha oylik ish haqi hisob-kitobi /oz/publish/doc/text204829_urindosh_buhgalterning_urtacha_oylik_ish_haqini_qanday_hisoblash_kerak