9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazishda soliq organlari mansabdor shaxslarining huquqlari kengaytirildi (04.01.2025 y. VMQ-891-son.)
Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqladi:
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Tadbirkorlik sub’yektlarini xabardor qilmasdan, lekin tekshiruv oʻtkaziladigan kuni Biznes-ombudsmanni xabardor qilgan holda soliq organlari mansabdor shaxslari quyidagilarni tekshiradilar:
- soxtalashtirish va kontrafakt holatlari;
- majburiy raqamli markirovka qilinishi lozim boʻlgan mahsulotlarni markirovka qilish qoidalarining buzilishi.
Shuningdek, sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazish uchun yangi asoslar paydo boʻldi. Bular – soliq inspektori tomonidan aniqlangan:
1) raqamli markirovka qilinishi lozim boʻlgan soxta va kontrafakt mahsulotlar;
2) markirovka qilish qoidalarining buzilishi.
Buxgalter oʻziga qoʻshimcha muammolar yaratmasligi uchun soliq tekshiruvlari haqida bilishi kerak boʻlgan barcha narsalarni quyidagi tavsiyalarda oʻqing:
- Sayyor tekshiruvda tomonlar qanday huquq va majburiyatlarga ega;
- Soliq organi soliq tekshiruvi dalolatnomasini koʻrib chiqish chogʻida oʻtkazadigan qoʻshimcha tadbirlar haqida nimalarni bilish kerak;
- Soʻroq qilish uchun soliq inspeksiyasiga chaqirganlarida, qanday tayyorgarlik koʻrish lozim;
- Nazorat xaridi qanday amalga oshiriladi.
Saida JANIZAKOVA tayyorladi