Import qilingan uskunani oʻrnatish davrida amortizatsiya hisoblanadimi

preview

«Biz kiyim-kechak ishlab chiqarish uchun хorijiy uskuna olib keldik. Oʻrnatish va sozlash ishlari 2 oy davom etdi, bu vaqt mobaynida ushbu uskunada ishlab chiqarish boshlanmadi. Oʻrnatish davri uchun amortizatsiya hisoblanadimi yoki uni foydalanishga topshirilgan vaqtdan boshlab hisoblash kerakmi?»

Buxgalter.uz iltimosiga koʻra savolga «Assistance In Tax» soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi:

Ekspertning zarur tushuntirishini oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Asosiy vositalar boʻyicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash ob’yekt asosiy vositalar tarkibiga qabul qilinib, foydalanishga topshirilgan sanadan boshlanadi. Va u ushbu ob’yektning amortizatsiya qilinadigan qiymati toʻliq qoplanmaguncha yoki u balansdan hisobdan chiqarilmaguncha davom ettiriladi .

Amortizatsiya – asosiy vositalarning amortizatsiya qilinadigan qiymatini ularning foydali хizmat muddati davomida tizimli tarzda taqsimlash.

Foydali хizmat muddati – aktiv tashkilot tomonidan foydalaniladigan davr, yoki – tashkilot aktivdan foydalanishdan olishni kutayotgan mahsulot (ish va хizmatlar) miqdori.

Shunday qilib, koʻrib chiqilayotgan holatda amortizatsiyani hisoblash uskunani foydalanishga topshirish paytidan boshlanadi. Oʻrnatish davrida amortizatsiya hisoblanmaydi.

 

Saida JANIZAKOVA tayyorladi



Asosiy vositalar Asosiy vositalar Asosiy vositalar /oz/publish/doc/text207128_import_qilingan_uskunani_urnatish_davrida_amortizaciya_hisoblanadimi