Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Soliq qoʻmitasi foyda soligʻi boʻyicha elektron hisobot shakllariga oʻzgartirishlar kiritdi. Ularga ikkita qator qoʻshildi va ba’zi qatorlarning nomlari oʻzgartirildi.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Hisobot shakllariga my.soliq.uz saytidagi yuridik shaхsning shaхsiy kabineti orqali yoki my3.soliq.uz saytining «Xizmatlar» boʻlimi («Soliq majburiyatlari» kichik boʻlimi) orqali oʻtish mumkin.
«Elektron shakllar» boʻlimida 10205_45 «Foyda soligʻi hisob-kitobi» shaklini tanlang.
Hisobot shakliga kirganda tizim choraklik hisobotni topshirishda nimalarga e’tibor berish kerak ekanligini eslatadi.
Oʻzgartirish va qoʻshimchalar:
1. Foyda soligʻi hisob-kitobiga ikkita qoʻshimcha qator kiritilgan:
- 061 «Joylashgan joyga nisbatan pasaytirilgan soliq stavkasidagi soliq solinadigan foyda»;
- 071 «Pasaytirilgan soliq stavkasi».
Shakl ostidagi izohda 30.12.2022 yildagi PF-287-son qaroriga muvofiq imtiyozlarni qoʻllash asosi koʻrsatilgan.
Bu qoʻshimchalar joylashgan joyiga qarab foyda soligʻining pasaytirilgan stavkalarini qoʻllaydigan soliq toʻlovchilar uchun kiritilgan. Bu – 5-toifali tumanlarda roʻyхatdan oʻtgan va faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’yektlari. Imtiyoz amal qilish davri – 2023 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvargacha. Foyda soligʻining imtiyozli stavkasi – 1%.
2. Hisob-kitobning 7-sonli ilovasida qatorlarning nomlari SK 337-moddasida belgilangan shartlarga muvofiq oʻzgartirilgan:
- 016-qator: Umumiy quvvati 100 kVt gacha boʻlgan qayta tiklanadigan energiya manbalaridan (QTEM) foydalangan holda elektr energiyasini umumiy tarmoqqa realizatsiya qilishdan olingan daromad;
- 036-qator: Umumiy quvvati 100 kVt gacha boʻlgan QTEM dan foydalangan holda elektr energiyasini umumiy tarmoqqa realizatsiya qilishdan olingan foyda.
Muhim jihati shundaki, umumiy quvvati 100 kVt gacha boʻlgan QTEM dan foydalangan holda elektr energiyasini umumiy tarmoqqa realizatsiya qilishdan olingan foyda 0% stavka boʻyicha soliqqa tortiladi.
Qoʻllash va hisobotlarni taqdim etish muddatlari
Yangi hisobot shaklini 2025 yilning I choragidan boshlab qoʻllash kerak. Hisobotni topshirish uchun paket kodi: 10205_45.
2025 yilning I choragi uchun hisobotni topshirishning oхirgi kuni – 2025 yil 21 aprel.
Manbaga qarang.
Buxgalter.uz tavsiya etadi:
- Foyda soligʻini kim toʻlaydi;
- Foyda soligʻi hisob-kitobini qanday tuzish kerak;
- Foyda soligʻini toʻlash va hisobotini taqdim etish qanday amalga oshiriladi;
- Foyda soligʻining nol darajali stavkasini qanday qoʻllash hamda soliq hisobotida aks ettirish kerak;
- Foyda soligʻi hisob-kitobida jami daromadni qanday aks ettirish kerak.
Yuliya TARShILOVA tayyorladi



